eSIM oʻrnatganingizda Airalo ilovasida eSIM oʻrnatilgani haqida tasdiq xabari chiqadi. Bu xabar tegishli eSIM uchun oʻrnatish koʻrsatmalarida chiqadi.
Bu maqolada quyidagi savollarga javob topasiz:
- Nega qurilmamda oʻrnatilgan eSIM kartani topa olmayapman?
- Qanday qilib oʻrnatilgan eSIM kartani aniqlay olmaslikning oldini olish mumkin?
- Oʻrnatilgan eSIM karta qanday aniqlanadi?
Nega qurilmamda oʻrnatilgan eSIM kartani topa olmayapman?
Ayrim hollarda qurilmangizda tegishli eSIM kartani aniqlashda qiyinchilikka duch kelsihingiz mumkin. Bu quyidagi bir nechta sabab tufayli yuz berishi mumkin:
- Tegishli eSIM sizga tanish boʻlmagan “Shaxsiy”, “Ikkilamchi”, “Ish” va “Sayohat” kabi yorliqqa ega.
- Qurilmangizda bir xil yorliqlarga ega bir qancha eSIM oʻrnatilgan.
- Tegishli eSIM qurilmangizdan oʻchirib tashlangan.
Sababga qarab, tegishli eSIM kartani aniqlash uchun turli harakatlarni bajarish talab etiladi.
Qanday qilib oʻrnatilgan eSIM kartani aniqlay olmaslikning oldini olish mumkin?
Biz har doim eSIM kartani oʻrnatish vaqtida yorliq bilan belgilashni tavsiya qilamiz.
- eSIM uchun mamlakat yoki mintaqa kabi aniqlash oson boʻlgan unikal nomni tanlang (masalan, “Fransiya” yoki “Yevropa”).
- Ayrim hollarda yorliqqa eSIM amal qiladigan mamlakat yoki mintaqani kiritish ham foydali boʻladi.
- Shuningdek, agar bundan keyin ishlatmaslikka toʻliq ishonchingiz komil boʻlmasa, eSIM kartani oʻchirib tashlamang.
Oʻrnatilgan eSIM karta qanday aniqlanadi?
Oʻrnatilgan eSIM kartani aniqlash uchun tegishli eSIM kartaning ICCID raqamini bilishingiz kerak.
ICCID yoki Integratsiyalashgan elektron sxema identifikatori – bu har bir eSIM kartaga tayinlangan identifikatsiya raqamidir. U 18-22 xonali raqamdan iborat. Tegishli eSIM ICCID raqamini topish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
-
Airalo ilovasida eSIM kartlarim rukniga kiring.
-
Tegishli eSIM kartani toping.
-
ICCID rukniga kirib, eSIM kartada koʻrsatilgan tegishlii raqamni toping.
ICCID raqamini tegishli eSIM kartaning TAFSILOTLAR ruknidan topish va nuxsalashingiz ham mumkin.
ICCID topilgach, uni qurilmangizda oʻrnatilgan eSIM kartalar raqami bilan solishtirishingiz kerak. Yodda tuting: qurilmangizdan qatʼiy nazar, sozlamalarda ICCID raqamini koʻrish uchun tegishli eSIM yoqilishi kerak.
iOS qurilmalar uchun:
Settings > General > About rukniga kirib, faol eSIM kartalar chiqqunicha varaqlang.
Samsung qurilmalari uchun:
Sozlamalar > Telefon/qurilma haqida > Holat/telefon identifikatsiyasi > Tarmoq > SIM-karta rukniga kiring va ICCID tafsilotlarini qidiring.
Pixel qurilmalari uchun:
Sozlamalar > Telefon haqida > SIM-karta holatlari rukniga kiring va ICCID tafisilotlarini qidiring.
Agar qurilmangizda bir nechta eSIM boʻlsa, har bir eSIM kartani qoʻlda yoqish va mos ICCID raqamiga ega eSIM kartani topish qadamlarini qaytadan bajarishingiz kerak.
Shunda ham mos ICCID raqamini topa olmayotgan boʻlsangiz, tegishli eSIM qurilmangizdan oʻchirib tashlangan boʻlishi mumkin. Yoki oʻrnatish jarayoniga xalaqit beruvchi muammolarga duch kelgan boʻlishingiz mumkin. Yuqoridagi holatlarda yordam olish uchun yordam xizmatimizga murojaat qiling.
Agar yana savollaringiz boʻlsa yoki qoʻshimcha yordam kerak boʻlsa, 24/7 rejimida ishlovchi yordam xizmatimizga murojaat qiling – biz mamnuniyat bilan yordam beramiz.