Airalo qanday valyutalarni dastaklaydi?

Airaloʼda bir qancha valyutalarda eSIM paketlarini xarid qilishingiz mumkin, bu mahalliy toʻlov usullaridan foydalanishni osonlashtiradi. 

2024-yil avgust oyi holatiga koʻra, Airalo quyidagi valyutalarni dastaklaydi:

  • AQSH dollari (USD) $
  • Avstraliya dollari (AUD) $
  • Kanada dollari (CAD) $
  • Yevro (EUR) $
  • Funt sterling (GBP) £

Valyutalarni mobil qurilmalar va Airalo ilovasida Profil rukniga kirib oʻzgartirishingiz mumkin. Kompyuterlarda valyutalarni yuqori navigatsiya menyusidan oʻzgartirishingiz mumkin. Batafsil maʼlumot uchun valyutani qanday yangilash haqidagi maqolani oʻqing. 

Men belgilagan afzal valyuta chiqmasa-chi?

Hatto afzal valyutangiz dastaklanmasa ham, Airaloʼda eSIM paketlarini xarid qilishingiz mumkin. 

Agar tanlangan valyutadan farq qiluvchi toʻlov usuli orqali xaridni amalga oshirsangiz, toʻlovingiz bank yoki moliyaviy institutingizdagi ayirboshlash kursi asosida hisoblanadi – sizdan xalqaro toʻlovlar olinishi ham mumkin.

Birlamchi valyutam nima?

Koʻrsatiladigan birlamchi valyuta qurilma yoki joylashuvga qarab farq qilishi mumkin. 

  • Mobil qurilmalarda koʻrsatiladigan valyuta qurilma sozlamalaridagi mahalliy til asosida belgilanadi.
  • Desktop qurilmalarda koʻrsatiladigan valyuta IP manzilingiz asosida avtomatik tarzda aniqlanadi.

Agar Airalo hisobiga kirgan boʻlsangiz, valyuta oxirgi marta ishlatilgan yoki tanlangan valyutada koʻrsatiladi. Masalan, agar valyutangizni AQSH dollaridan yevroga yangilagan boʻlsangiz, har safar hisobga kirganingizda sizga yevro (EUR) koʻrinadi.

Airalo xaridlari uchun ishlatish mumkin boʻlgan valyutalarga oid savollaringiz boʻlsa, yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling. Sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz!

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x