eSIM vaucherini hisobimga qanday tatbiq qilishim mumkin?

eSIM vaucher tatbiq qilinganida hisobingizga muayyan eSIM paketini kiritiladi. Undan xuddi siz xarid qiladigan boshqa eSIM paketlari kabi foydalanishingiz mumkin. eSIM vaucherini bir nechta oson harakat orqali hisobingizga kiritishingiz mumkin.

eSIM vaucherini tatbiq qilishim mumkin?

eSIM vaucherini tatbiq qilish uchun hisobingizga kirgan boʻlishingiz kerak.

Airalo ilovasi yoki veb-saytidan mobil qurilmada foydalanayotgan boʻlsangiz, eSIM vaucherini tatbiq qilish uchun ushbu qadamlarni bajaring.

  1. Profil > Airmoney va aʼzolik rukniga kiring.
  2. Vaucherni ishlatish tugmasini bosing.
  3. Vaucher kodini kiriting.
  4. Ishlatish tugmasini bosing.

Kompyuterda Airalo veb-saytidan foydalanayotgan boʻlsangiz, eSIM vaucherini tatbiq qilish uchun ushbu qadamlarni bajaring.

  1. Yuqori navigatsiya panelida profildagi ismingiz ustiga bosing.
  2. Airmoney va aʼzolik rukniga kiring.
  3. Vaucherni ishlatish tugmasini bosing.
  4. Vaucher kodini kiriting.
  5. Ishlatish tugmasini bosing.

Vaucherni tatbiq qilish qadamlarini bajarganingizdan keyin eSIM vaucheri muvaffaqiyatli ishlatilgani haqidagi xabar chiqadi. Shu vaqtdan boshlab eSIM kartani ishlatishingiz mumkin.

Vaucher orqali olingan eSIM kartadan qanday foydalanaman?

eSIM hisobingizga kiritilgach, unga eSIM kartalarim ruknidan kirishingiz mumkin. 

  1. eSIM kartalarim rukniga kiring.
  2. Hozirgina hisobingizga kiritilgan eSIM kartani toping
  3. Tafsilotlar tugmasini bosing.

eSIM oʻrnatish va ishlatish koʻrsatmalarini topasiz. Ulanish uchun koʻrsatmalarni bajaring.

Boshqa savollaringiz boʻlsa yoki yordam kerak boʻlsa, murojaat qiling. Yordam jamoamiz 24/7 rejimida ishlaydi va har doim mamnuniyat bilan yordam beradi.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x