Airalo tomonidan saqlanadigan maʼlumotlarimni qanday yuklab olishim mumkin?

Airalo oʻzi toʻplaydigan va ishlatadigan foydalanuvchi maʼlumotlari borasida imkon qadar shaffoflikni taʼminlashga intiladi. Siz Airalo hisobingiz bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan faylni soʻrashingiz mumkin.

Maʼlumotlaringizni soʻrash uchun quyidagi qadamlarni bajaring:

  1. Profil > Hisob axboroti rukniga kiring.
  2. Maʼlumotlaringizni yuklab olish ruknini toping.
  3. Maʼlumotlarimni soʻrash bandini tanlang.

Soʻrov yuborilgach, soʻrovingizni qayta ishlaymiz va Airalo hisobingiz bilan bogʻlik barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan XML faylni email orqali yuboramiz. Sabrli boʻling – qayta ishlash odatda bir necha daqiqa vaqt oladi, lekin uzoqroq vaqt olishi ham mumkin.

Siz kuniga 3 tagacha maʼlumotlar soʻrovini yuborishingiz mumkin. Agar 24 soat ichida 3 tadan ortiq soʻrov yuborishga urinsangiz, yana soʻrov yuborish uchun kutish kerakligini taʼkidlovchi xatolik xabarini olasiz.

Qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa yoki yordam kerak boʻlsa, bizga murojaat qiling. Yordam jamoamiz 24/7 rejimida ishlaydi va har doim mamnuniyat bilan yordam beradi.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Hali ham yordam kerakmi?

Bizga murojaat qiling va mijozlarga yordam jamoasi imkon qadar tez javob beradi.
Bizga xabar yuboring
Airalo © 2021
  • x