Yangi sarguzasht uchun tayyormisiz? Butun dunyo boʻylab tezkor aloqa imkoniyatini taʼminlash maqsadimiz yoʻlida bizga qoʻshiling.
BARCHA VAKANSIYALARBizda 44 dan ortiq mamlakat va oltita qitʼadan boʻlgan xodimlar faoliyat yuritadi. Insonlarning masofadan turib aloqa qilish tarzini oʻzgartirish ahdi bizni birlashtirib turadi.
Biz xilma-xillik, inkluzivlik va tenglikni qadrlaymiz. Biz bir nechta qitʼada faoliyat yurituvchi kompaniyamiz. Xodimlarimiz turli unikal tajribalarga ega.
Airaloʼning oliy maqsadi – butun dunyo boʻylab tezkor aloqadan foydalanish imkoniyatini taʼminlashdir. Biz dunyoni rouming cheklovlaridan xalos qilish va barchaga istalgan yerdan aloqaga chiqish imkonini berishni xohlaymiz.
Kompaniyamizda dunyoning barcha nuqtalaridan boʻlgan xodimlar faoliyat yuritadi va aynan ular sababli Airalo ajoyib tashkilotga aylangan.
1
Airaloʼda orzungizdagi ishni topdingizmi? Birinchi qadamni qoʻying – oʻzingiz qiziqqan lavozim(lar)ga ariza topshiring! Odatda biz ariza topshirilgandan keyin bir hafta ichida javob beramiz.
2
Agar hammasi silliq kechsa, Airalo jamoasi bilan bir nechta suhbatni tashkillashtiramiz. Qiziquvchan boʻling, savollar bering va eng muhimi – oʻzingizni boringizcha namoyon qiling. Biz siz bu lavozimga eng mos nomzod ekanligingizga ishonch hosil qilishni xohlaymiz.
3
Suhbatdan keyin ishga olish jamoasi tegishli lavozimga mos yoki mos emasligingiz haqida qaror chiqaradi. Agar sizni mos deb topishsa, Airalo jamoasiga rasmiy tarzda taklif etilasiz.