Kuchga kirish sanasi: 2024-yil, 3-iyun
Airalo (www.AIRALO.com) sifatida faoliyat yurituvchi AIRGSM PTE. LTD. (“Airalo”, “biz”, “bizni/bizga” yoki “bizning” deb yuritiladi) maxfiyligingizning muhimligini tan oladi. Bu Maxfiylik siyosatida shaxsiy maʼlumotlaringizni (shaxsiy axborotlar deb ham ataladi) qanday toʻplashimiz, ishlatishimiz va himoya qilishimiz tasvirlangan. Shuningdek, bu Maxfiylik siyosati shaxsiy maʼlumotlaringizga nisbatan huquq va tanlovlaringiz hamda savollaringizga javob olish uchun biz bilan qanday bogʻlanish mumkinligi haqida maʼlumot beradi.
Airalo veb-sayti, ilovasi, mahsuloti, dasturi, vositasi, maʼlumotlar tasmasi va/yoki xizmatida (birgalikda “Xizmat” deb yuritiladi) hisobni registratsiya qilish yoki ularga kirish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish orqali siz ushbu siyosat shartlarini tushunganingizni tasdiqlaysiz va ularga rozilik berasiz.
Bu Maxfiylik siyosatida shaxsiy maʼlumotlaringizni qay tarzda toʻplashimiz, ishlatishimiz, oshkor qilishimiz, saqlashimiz va himoya qilishimiz tushuntirilgan. Ushbu Maxfiylik siyosatini diqqat bilan oʻqib chiqing.
Mundarija:
1. Bu Maxfiylik siyosatining tatbiq etilishi
2. Shaxsiy maʼlumotlarni qanday toʻplash, oshkor qilish va ishlatishimiz
3. Biz toʻplaydigan maʼlumotlar
4. Maʼlumotlarni saqlash
5. Maʼlumotlardan qanday foydalanamiz
6. Shaxsiy maʼlumotlarni qanday ulashamiz
7. Huquqlaringiz
8. Maʼlumotlarni uzatish va xalqaro maʼlumot uzatmasi
9. Xavfsizlik
10. Bu Siyosatga oʻzgartirishlar
11. Bolalar
12. Kontakt maʼlumotlari
13. Kaliforniya rezidentlari uchun qoʻshimcha axborot
1. Bu Maxfiylik siyosatining tatbiq etilishi
Bu Maxfiylik siyosati butun dunyodagi Airalo foydalanuvchilari, jumladan, Airalo mobil ilovalari, Hamkor platformasi, veb-saytlari, xususiyatlar va boshqa xizmatlari foydalanuvchilari, ishga daʼvogarlar, xodimlar va Airalo bilan munosabatlarga (onlayn va oflayn) (“Xizmatlar” deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
Bu Maxfiylik siyosati Airalo qay tarzda maʼlumotlarni toʻplashi va ishlatishini tasvirlaydi hamda butun dunyodagi Airalo foydalanuvchilariga tatbiq etiladi (foydalanuvchilar alohida maxfiylik eslatmasi bilan tartibga solinadigan xizmatdan foydalanadigan hollar bundan mustasno). Xususan, bu Maxfiylik siyosati quyidagilarga tatbiq etiladi:
2. Shaxsiy maʼlumotlarni qanday toʻplash, oshkor qilish va ishlatishimiz
Xizmatlarimiz bilan qanday munosabatga kirishishingizga qarab, turli usullar, jumladan, quyidagi usullarda siz haqingizda maʼlumot olamiz:
Airalo maʼlumotlarni tegishli darajada himoya qilish uchun maʼlumotlar va axborot tizimlarini qonunchilik talablari, maxfiylik darajasi va biznesda muhimligiga koʻra tasniflaydi. “Maʼlumotlar nazoratchisi” – bu amalga oshirilayotgan maʼlumotlarni qayta ishlash amali maqsadilari va usullarini belgilovchi tashkilotdir. “Maʼlumotlarni qayta ishlovchi” – bu maʼlumotlarni qayta ishlashda nazoratchi nomidan va uning koʻrsatmalari asosida ish yurituvchi tashkilotdir.
Airalo maʼlumotlar nazoratchisi sifatida
Airalo shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari va vositalarini belgilash vaqtida maʼlumotlar nazoratchisi vazifasini bajaradi. Arialo maʼlumotlar nazoratchisi sifatida shaxsiy maʼlumotlarning maʼlumotlar himoyasiga oid amaldagi qonunlarga muvofiq tarzda qayta ishlanishini taʼminlash uchun javobgardir. Airaloʼning maʼlumotlar nazoratchisi vakolati ostidagi harakatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Asosiy harakatlar:
Airalo maʼlumotlarni qayta ishlovchi sifatida
Airalo Biznes-foydalanuvchi nomidan yoki uning koʻrsatmalari asosida xizmatlarni taqdim etadigan holatlarda u maʼlumotlarni qayta ishlovchi vazifasini bajaradi. Bu quyidagi kabi holatlarni oʻz ichiga oladi:
Maʼlumotlarni qayta ishlovchi sifatida ish yuritayotganimizda foydalanuvchilarga tegishli maʼlumotlar nazoratchisining (Biznes-foydalanuvchi) Maxfiylik siyosatini oʻqib chiqish orqali oʻz maʼlumotlari bilan qanday ishlanishi va ular qanday himoyalanishi bilan tanishishni tavsiya qilamiz. Airalo maʼlumotlar nazoratchi bergan koʻrsatmalarga qatʼiy rioya qiladi va maʼlumotlar himoyasiga oid amaldagi qonunlar hamda shartnomaviy majburiyatlarga muvofiq, qayta ishlanadigan maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlashga intiladi.
3. Biz toʻplaydigan maʼlumotlar
Quyidagi jadvalda biz turli kontekstlarda toʻplaydigan maʼlumotlar turlari va bu maʼlumotlardan qanday foydalanishimizga oid misollar keltirilgan.
Kontekst | Maʼlumot turi | Maʼlumotlarni toʻplash va ishlatishning asosiy maqsadi |
---|---|---|
Hisobni registratsiya qilish | Hisob yaratganingizda ismingiz va kontakt maʼlumotlaringiz, jumladan, emailingizni olamiz. Shuningdek, siz hisobingizga kirgan holda bajargan harakatlarga oid maʼlumotlarni ham toʻplaymiz. | Biz foydalanuvchilarga hisobga oid funksiyalarni taqdim etishdan qonunan manfaatdormiz. Hisoblardan oson hisob-kitob qilish hamda afzalliklaringiz va tranzaksiyalar tarixini saqlash uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, siz bilan tuzilgan shartnomani bajarish uchun ushbu maʼlumotlarni qayta ishlashimiz ham mumkin. |
Biometrik maʼlumotlar | Suratli ID hujjatlari va selfilardan olinadigan shaxsni tasdiqlovchi biometrik maʼlumotlar. | Qonun bilan talab etilgan hollarda, eKYC jarayoni orqali shaxsingizni tasdiqlash uchun ochiq roziligingiz asosida biometrik maʼlumotlarni qayta ishlaymiz. |
Biznes-foydalanuvchilar | Biz munosabatga kirishishimiz mumkin boʻlgan Biznes-foydalanuvchilar xodimlarining ismi va kontakt maʼlumotlari, jumladan, emaili, telefon raqami va manzili kabi maʼlumotlarni toʻplaymiz. | Biz loyihalar, xizmatlar va billing kabi normal ish faoliyati yuzasidan mijozlarimizga murojaat qilish va ular bilan muloqot qilishda qonuniy manfaatga egamiz. |
Zaruriy onlayn kuzatuv texnologiyalari |
Biz cookie fayllar va boʻsh GIF fayllardan foydalanamiz. “Cookie fayllar” – bu veb-saytni kezish vaqtida veb-sayt kompyuterning qattiq diskiga yuboradigan kichik axborotdir. Boʻsh GIF fayllar – bu biror veb-saytga kirganingizda brauzeringiz tomonidan yuklanadigan piksellardir. Bu kuzatuv texnologiyalari brauzer turi, operatsion tizim, internet protokoli (IP) manzili (internetdan foydalanilganda kompyuterga avtomatik tayinlanadigan raqam), domen nomi, bosish harakatlari, yoʻnaltiruvchi veb-sayt va/yoki tashrif buyuruvchilar uchun sana/vaqt belgisi haqidagi maʼlumotlarni toʻplashi mumkin. |
Biz veb-saytimizning samarali ishlashini taʼminlashdan qonunan manfaatdormiz. |
Zaruriy boʻlmagan kuzatuv texnologiyalari | Biz veb-saytimizga tahliliy maʼlumotlarni toʻplaydigan, sizning veb-sayt bilan munosabatlaringizni yozib oladigan yoki xatti-harakatga asoslangan reklamalarda ishtirok etishimizga imon beradigan kuzatuv texnologiyalarini (masalan, cookie fayllar yoki piksellar) joylashtirishimiz mumkin. Bu texnologiyalar brauzer turi, operatsion tizim, internet protokoli (IP) manzili (internetdan foydalanilganda kompyuterga avtomatik tayinlanadigan raqam), domen nomi, bosish harakatlari, yoʻnaltiruvchi veb-sayt va/yoki tashrif buyuruvchilar uchun sana/vaqt belgisi haqidagi maʼlumotlarni toʻplashi mumkin. Veb-saytimiz yoki boshqa veb-saytlarda reklama namoyish qilish uchun biz yoki uchinchi tomon ham vaqti-vaqti bilan va turli veb-saytlarda ham maʼlumot toʻplashimiz/toʻplashi mumkin. | Qonun bilan talab etilgan hollarda, rozilik asosida tashqi cookie fayllardan foydalanamiz. |
Demografik maʼlumotlar | Biz yosh va joylashuvingiz kabi shaxsiy maʼlumotlarni toʻplaymiz. | Biz foydalanuvchilarimizni tushunish va moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etishdan qonunan manfaatdormiz. |
Ishga daʼvogarlar | Agar biror eʼlon qilingan vakansiyaga ariza topshirsangiz yoki ishga qabul qilinsangiz, arizangizni koʻrib chiqish yoki sizni xodim sifatida saqlash uchun zarur boʻlgan axborotlar, jumladan, kontakt maʼlumotingiz, taʼlim va mehnat tajribangiz tarixi haqida maʼlumotlarni toʻplaymiz. | Biz ehtimoliy lavozim uchun jismoniy shaxslarni baholashdandan qonunan manfaatdormiz. Ayrim holatlarda qonunlar ham bizdan xodimlar yoki ish uchun daʼvogarlar haqidagi maʼlumotlarni toʻplashni talab qiladi. Shuningdek, biz maʼlumotlaringizdan xodimlarimiz va ishchi kuchimizning samarali ishlashi uchun foydalanishdan qonuniy manfaatdormiz. |
Fikr-mulohaza/yordam | Agar bizga fikr-mulohaza yuborsangiz yoki yordam olish uchun murojaat qilsangiz, biz javob berish uchun ismingiz va email manzilingiz, shuningdek, siz bizga yuborgan boshqa kontentni toʻplaymiz. | Biz fikr-mulohaza yoki muammolar haqidagi xabarlarni qabul qilish va ular asosida tegishli choralarni koʻrishdan qonunan manfaatdormiz. |
Mobil qurilmalar | Biz mobil qurilmangizdan maʼlumot toʻplaymiz, masalan, veb-saytimizga kirganingizda qurilmangizdan yuborilgan noyob identifikatsiya axborotini olamiz. | Biz saytimizga unikal tashrif buyuruvchilarni aniqlash va tashriflarni kuzatishdan qonunan manfaatdormiz. |
Buyurtma berish | Buyurtma berganingizda biz ism, billing manzili, yetkazish manzili, email manzili, telefon raqami va karta raqamingiz kabi maʼlumotlarni toʻplaymiz. | Biz maʼlumotlaringizdan sizga Xizmatlarimizni taqdim qilish uchun tegishli shartnomani bajarish uchun foydalanamiz. |
Hamkor tanituvi | Boshqa kompaniya bilan hamkorlikdagi brendli tanituv doirasida siz bizga taqdim etadigan maʼlumotlarni toʻplaymiz. | Biz tanituvlarimizni amalga oshirishdan qonunan manfaatdormiz. |
Soʻrovnomalar | Biror soʻrovnomada qatnashsangiz, biz siz soʻrovnoma orqali taqdim etadigan maʼlumotlarni toʻplaymiz. Agar soʻrovnoma tashqi xizmat provayderi tomonidan taqdim etilsa, maʼlumotlaringizni toʻplash, ishlatish va oshkor qilishga shu tashqi provayderning Maxfiylik siyosati tatbiq etiladi. | Biz tashkilotimizga oid fikrlaringizni tushunish va maʼlumotlarni toʻplashdan qonunan manfaatdormiz. |
4. Maʼlumotlarni saqlash
Biz maʼlumotlaringizni faqat ushbu Maxfiylik siyosatida bayon qilingan maqsadlarni bajarish, jumladan, huquqiy, buxgalteriya hisobi va hisobot berishga oid talablarni qondirish uchun zarur boʻlgan muddat davomida saqlaymiz; uzoqroq saqlash muddati talab etiladigan yoki qonunchilikda ruxsat etilgan hollar bundan mustasno. Shaxsiy maʼlumotlar uchun tegishli saqlash muddatini aniqlashda maʼlumotlarning miqdori, tabiati va maxfiyligi, bu maʼlumotlarni ruxsatsiz ishlatish yoki oshkor qilishning ehtimoliy xavfi, ularning qanday maqsadlarda olganimiz va bu maqsadlarga boshqa vositalar orqali erisha olish yoki olmasligimiz, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari hisobga olinadi.
5. Shaxsiy maʼlumotlardan qanday foydalanamiz
Yuqorida tasvirlangan maqsad va foydalanish usullaridan tashqari, biz maʼlumotlardan quyidagilar uchun foydalanamiz:
Yuqoridagi boʻlimlar maʼlumotlaringizni toʻlashdan asosiy maqsadimizni tasvirlasa-da, koʻp hollarda bizda bittadan ortiq maqsad boʻladi. Masalan, agar biror onlayn xaridni amalga oshirsangiz, siz bilan tuzilgan shartnomani bajarish uchun maʼlumotlaringizni toʻplashimiz mumkin, lekin, shuningdek, buyurtmangizga oid savollarga tez va oson javob bera olishimiz uchun tranzaksiyangiz yakunlanganidan keyin maʼlumotlaringizni saqlashdan qonunan manfaatdor ekanimiz sababli maʼlumotlaringizni toʻplashimiz ham mumkin. Shu sababli maʼlumotlaringizni toʻplash va qayta ishlashimiz rozilik berganingizdan keyin turli kontekstlar, shartnoma hamda qonunchilikda belgilangan majburiyatlarimizni bajarish va/yoki biznes faoliyatini yuritishga oid qonuniy manfaatimizni amalga oshirish zaruratiga asoslanadi.
6. Shaxsiy maʼlumotlarni qanday ulashamiz
Bu Maxfiylik siyosatining boshqa joylarida muhokama qilingan aniq holatlardan tashqari, biz quyidagi holatlarda shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilishimiz mumkin:
7. Huquqlaringiz
Josylashuvingiz va amaldagi qonunlarga qarab, siz quyidagi huquqlarga ega boʻlishingiz mumkin:
Yodda tuting, yuqorida tasvirlangan huquqlarning hech biri mutlaq huquq emas va ular ayrim holatlarga tatbiq etilmaydi. Ayrim hollarda, qonunda belgilangan ruxsat yoki talab sababli yoki shaxsingizni tegishli tarzda tasdiqlay olmasak, soʻrovingizni cheklash yoki rad etishimiz mumkin. Biz amaldagi qonunlar asosida maxfiylik huquqlaridan foydalanuvchi shaxslarni diskriminatsiya qilmaymiz.
Aniq huquqlar haqida batafsil bilib olish uchun bu boʻlimni oʻqib chiqing. Yuqorida tasvirlangan huquqlaringizdan foydalanish maqsadida soʻrov yuborish yoki maʼlumotlar subyekti huquqlari boʻyicha soʻrov yuzasidan biz chiqargan qaror ustidan shikoyat qilish uchun quyidagi kontakt maʼlumotlari yoki Biz bilan aloqa sahifasi orqali bizga murojaat qiling.
Yodda tuting, qonunchilikda talab etilgani sababli sizdan shaxsingizni tasdiqlashni soʻraymiz. Soʻrovingiz xususiyatiga qarab, ismingiz, siz bizdan xarid qilgan oxirgi mahsulot yoki bizdan qilingan oxirgi xaridingiz sanasi kabi maʼlumotlarni soʻraymiz. Shuningdek, sizdan shaxsingizni tasdiqlovchi imzolangan deklaratsiyani taqdim etishni soʻrashimiz mumkin. Soʻrov kelib tushgach, fayllarimizda mavjud siz haqingizdagi maʼlumotlarni taqdim etish, tuzatish yoki oʻchirish uchun oqilona tarzda harakat qilamiz.
Ayrim hollarda sizning nomingizdan muayyan maxfiylik huquqlarini amalga oshirish maqsadida soʻrovlar yuborishi uchun vakolatli agent tayinlashingiz mumkin. Agar siz biror shaxs nomidan soʻrov yuborayotgan vakolatli agent boʻlsangiz, tegishli shaxs nomidan ish yuritish vakolatingizni tasdiqlovchi imzolangan hujjat nusxasini ilova qilishingiz lozim.
Marketing emaillariga obuna qanday bekor qilinadi?
Profil sozlamalari ruknidagi obunani bekor qilish funksiyasi yordamida marketingga oid emaillardan voz kechishingiz mumkin. Afzalliklarni boshqarish uchun hisobingizga kirib, Profil sozlamalari ruknini oching. Oʻzgarishlarni saqlash uchun “Tanituv emaillarini olishni xohlayman.” parametrini yoqing yoki faolsizlantiring. Email manzilingiz imkon qadar tez marketing xabarlaridan uziladi.
Airalo marketing xabarlaridan qanday voz kechish haqida savollaringiz boʻlsa, [email protected] emaili orqali bizga murojaat qiling.
Hisobimni qanday oʻchiraman?
Profil sozlamalari ruknidagi Hisobni oʻchirish funksiyasi yordamida hisobingizni oʻchirishingiz mumkin. Buning uchun hisobingizga kirib, Profil sozlamalari ruknini oching. Hisobni oʻchirish tugmasini bosib, niyatingizni tasdiqlang. Biz bu soʻrovni kechiktirmasdan yoki maxsus talablar mavjud boʻlsa, soʻrov olingan kundan boshlab bir oy ichida koʻrib chiqamiz.
Yodda tuting, har qanday holatda soʻrovingizni bajarishga kirishishdan avval shaxsingiz va biz bilan aloqangizni tasdiqlashimiz kerak boʻlishi mumkin.
Qachon Airalo maʼlumotlarni oʻchirish soʻrovi yoki qayta ishlashga eʼtiroz kelib tushganidan keyin maʼlumotlarni qayta ishlashda davom etadi?
Ayrim holatlarda qonunlar Airaloʼdan hatto maʼlumotlarni oʻchirish soʻrovi yoki qayta ishlashga eʼtiroz kelib tushganidan keyin ham shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlash yoki qayta ishlashni talab qilishi mumkin. Masalan, Airalo “Mijozingizni biling” (KYC) va “Toʻlov tranzaksiyalari tafsilotlari” talablari boʻyicha qonuniy majburiyatlarga rioya qilish uchun muayyan shaxsiy maʼlumotlarni saqlashi shart.
9. Maʼlumotlarni uzatish va xalqaro maʼlumot uzatmasi
Bu Xizmatga Airalo egalik qiladi va unga Yevropa hamda Yevropadan tashqaridagi hududlardan kirish mumkin. Natijada maʼlumotlaringiz xorijiy mamlakatda qayta ishlanishi va bu mamlakatdagi maxfiylikka oid qonunlar sizning mamlakatingizdagi qonunlar kabi qatʼiy boʻlmasligi mumkin. Biroq, imkoni bor holatlarda, shaxsiy maʼlumotlaringizni bilan maʼlumotlaringiz birinchi marta olingan mamlakat qonunlariga muvofiq tatbiq etiladigan bir xil maxfiylik tamoyillardan foydalangan holda qayta ishlash choralarini koʻramiz. Bizga shaxsiy maʼlumotlaringizni yuborish orqali siz maʼlumotlaringizni yashash mamlakatingizdan boshqa mamlakatda, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, AQSHda saqlanishi, qayta ishlanishi va shunday hududlarga uzatilishiga rozilik berasiz. Agar maʼlumotlaringiz biror yurisdiksiyaga oʻtishida ularga boshqa bir yurisdiksiyada amalda boʻlgan maxfiylik tamoyillarini tatbiq qilishga urinishimiz haqida batafsil maʼlumot olmoqchi boʻlsangiz, quyidagi kontakt maʼlumotlari yordamida bizga murojaat qilishingiz mumkin.
9. Xavfsizlik
Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun umumiy qabul qilingan soha standartlariga rioya qilamiz. Hech biri nternet, mobil texnologiya orqali uzatish yoki elektron tarzda saqlash usuli toʻliq xavfsiz emas. Shu sababli biz oʻzimiz onlayn tarzda toʻplaydigan maʼlumotlar maxfiyligini himoya qilish uchun jismoniy, elektron va protsessual choralarni koʻrishga intilsak-da, maʼlumotlarning mutlaq xavfsizligini kafolatlay olmaymiz.
Airalo foydalanuvchilari oʻz paroli va hisobga kirish maʼlumotlarini xavfsiz tarzda saqlash uchun javobgardir. Agar biz bilan oʻzaro aloqalaringiz ortiq xavfsiz emas, deb hisoblash uchun sabablaringiz boʻlsa (masalan, xizmatimizdagi biror hisobingiz xavfsizligi buzilgan deb oʻylasangiz), [email protected] email manziliga yozish orqali bu muammo haqida bizga darhol xabar bering.
10. Bu Siyosatga oʻzgartirishlar
Biz bu Maxfiylik siyosati shartlarini istalgan vaqtda oʻzgartirish huquqiga egamiz. Agar oʻzgarishlar jiddiy yoki shaxsiy maʼlumotlaringizdan qanday foydalanishimizga aloqador boʻlsa, biz bu yerga yoki asosiy sahifamizga bunday oʻzgarishlar haqida eʼlon joylash yoki email yuborish orqali ulardan sizni xabardor qilamiz. Har safar biror veb-sayt yoki ilovamizga kirganingizda ushbu Siyosatni koʻrib chiqishni tavsiya qilamiz. Maxfiylik siyosatida “kuchga kirish” va “oxirgi tahrir” sanasi mavjud. Kuchga kirish sanasi joriy versiya kuchga kirgan sanani anglatadi. Oxirgi tahrir sanasi esa joriy versiya oxirgi marta sezilarli darajada oʻzgartirilgan sanani anglatadi.
11. Bolalar
Xizmatlarimiz 13 yoshdan kichik bolalar uchun moʻljallanmagan va biz ota-ona roziligisiz 16 yoshdan kichik, emansipatsiya qilinmagan voyaga yetmagan shaxslardan ongli ravishda shaxsiy maʼlumotlarni toʻplamaymiz. 13 yoshdan kichik bolalar bizga shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etmasligi kerak.
12. Kontakt maʼlumotlari
Agar maxfiylikka oid amaliyotlarimiz yuzasidan savol, fikr, shikoyat yoki eʼtirozlaringiz boʻlsa yoki biror nogironlik sababli bu Maxfiylik siyosatiga boshqa muqobil formatda kirishingiz kerak boʻlsa, quyidagi tegishli manzil orqali bizga murojaat qiling. Biz soʻrovlaringizga javob berish va maxfiylikka oid qoʻshimcha maʼlumot berishga harakat qilamiz.
Agar javobimizdan qoniqmasangiz va Yevropa Ittifoqi yoki Birlashdan Qirollikda joylashgan boʻlsangiz, mahalliy nazorat organiga shikoyat kiritish huquqiga ega boʻlishingiz mumkin.
13. Kaliforniya rezidentlari uchun qoʻshimcha axborot
Kaliforniya qonunchiligi bizdan maxfiylikka oid amaliyotlarimizga aloqador quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni oshkor qilishni talab qiladi. Agar Kaliforniya rezidenti boʻlsangiz, sizga ushbu Maxfiylik siyosatidan tashqari quyidagi maxfiylik haqida ochiqlamalar ham tatbiq etiladi.
Shaxsiy maʼlumotlar turkumi | Qabul qiluvchilar turkumi | |
---|---|---|
Biznes maqsadi yuzasidan oshkor qilish | Kontekstlararo moslashtirilgan reklamalar uchun ulashish | |
Identifikatorlar – bu haqiqiy ism, taxallus, pochta manzili, unikal shaxsiy identifikator, onlayn identifikator, email manzili, hisob nomi va boshqa shu kabi identifikatsiya maʼlumotlarini oʻz ichiga olishi mumkin. |
Affillangan shaxslar yoki filiallar Biznes hamkorlar Maʼlumotlar tahlili provayderlari Internet-provayderlar Qoʻshma marketing hamkorlari Operatsion tizimlar va platformalar Boshqa xizmat provayderlari Toʻlovni qayta ishlovchilar va moliyaviy muassasalar Professional xizmatlar tashkilotlari, bunga auditorlar va yuridik firmalar kirishi mumkin Ijtimoiy tarmoqlar |
Reklama tarmoqlari |
Davlat tomonidan berilgan shaxsiy tasdiqlash hujjatlari axboroti – bunga ijtimoiy sugʻurta raqami, haydovchilik guvohnomasi raqami yoki shtat tomonidan berilgan identifikatsiya raqami, pasport raqami kirishi mumkin. |
Tarmoq operatorlari (eKYC talab etiladigan holatlarda) Professional xizmatlar tashkilotlari, bunga auditorlar va yuridik firmalar kirishi mumkin |
|
Moliyaviy maʼlumotlar – bunga bank hisobraqami, kredit karta raqami, debet karta raqami va boshqa moliyaviy maʼlumotlar kirishi mumkin. |
Operatsion tizimlar va platformalar Toʻlovni qayta ishlovchilar va moliyaviy muassasalar Professional xizmatlar tashkilotlari, bunga auditorlar va yuridik firmalar kirishi mumkin |
|
Himoyalangan klassifikatsiya xususiyatlari – bunga yosh, jins, irq, etnik kelib chiqish, jismoniy yoki aqliy nogironlik va boshqalar kirishi mumkin. |
Tarmoq operatorlari (eKYC talab etiladigan holatlarda) Professional xizmatlar tashkilotlari, bunga auditorlar va yuridik firmalar kirishi mumkin |
|
Tijoriy maʼlumotlar – bunga xarid qilingan, olingan yoki koʻrib chiqilgan mahsulot yoki xizmatlar haqidagi maʼlumotlar yoxud boshqa xarid yoki isteʼmol harakatlari tarixi yoki tendensiyalari kirishi mumkin. |
Affillangan shaxslar yoki filiallar Biznes hamkorlar Maʼlumotlar tahlili provayderlari Internet-provayderlar Qoʻshma marketing hamkorlari Operatsion tizimlar va platformalar Boshqa xizmat provayderlari Toʻlovni qayta ishlovchilar va moliyaviy muassasalar Professional xizmatlar tashkilotlari, bunga auditorlar va yuridik firmalar kirishi mumkin Ijtimoiy tarmoqlar |
|
Internet yoki boshqa elektron tarmoqdagi harakatlar haqida maʼlumotlar – bunga brauzer tarixi, qidiruv tarixi hamda jismoniy shaxsning internetdagi biror veb-sayt, ilova yoki reklama bilan oʻzaro munosabatiga oid axborot kirishi mumkin. | Maʼlumotlar tahlili provayderlari | Reklama tarmoqlari |
Kasbiy va ishga joylashtirishga oid maʼlumotlar |
Affillangan shaxslar yoki filiallar Biznes hamkorlar Operatsion tizimlar va platformalar Boshqa xizmat provayderlari Professional xizmatlar tashkilotlari, bunga auditorlar va yuridik firmalar kirishi mumkin |
|
Xususiy taʼlimga oid maʼlumotlar (“Oilalarning taʼlim va maʼlumotlar maxfiyligiga oid huquqlari haqida”gi qonunda belgilanganidek) |
Affillangan shaxslar yoki filiallar Biznes hamkorlar Operatsion tizimlar va platformalar Boshqa xizmat provayderlari Professional xizmatlar tashkilotlari, bunga auditorlar va yuridik firmalar kirishi mumkin |
|
Kaliforniya Mijozlar qaydlari haqidagi qonunda tasvirlangan qoʻshimcha shaxsiy maʼlumot turkumlari (Kaliforniya Fuqarolik kodeksi § 1798.80(e)) – bunga imoz, jismoniy xususiyatlar yoki tavsif, sugʻurta polisi raqami kirishi mumkin. |
Tarmoq operatorlari (eKYC talab etiladigan holatlarda) Professional xizmatlar tashkilotlari, bunga auditorlar va yuridik firmalar kirishi mumkin |
2024 AIRGSM PTE. LTD.
Barcha huquqlar himoyalangan
Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali USD $3.00 miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.