Odamlar Airalo ishlatishining asosiy sabablaridan biri – bu birlamchi uyali aloqa provayderlarining rouming toʻlovlaridan saqlanishdir. Quyidagi maʼlumotlar xorijda eSIM ishlatish vaqtida rouming toʻlovlaridan saqlanishingizga yordam beradi.
Rouming toʻlovlari qachon olinadi?
Uyali aloqa rejasiga kiruvchi qamrov hududidan tashqariga safar qilganingizda rouming toʻlovlari olinadi. You can check with your provider to learn which locations are covered by your plan.
Rouming toʻlovlaridan qanday saqlanishim mumkin?
Birlamchi tarif rejangiz uchun moddiy SIM-kartangiz boʻlsa, rouming toʻlovlaridan saqlanishning osol oson usuli – qamrov hududidan tashqariga safar qilishdan oldin bu SIM-kartani qurilmangizdan chiqarib olish. Shunda bu SIM-karta hech qanday tarmoqqa ulana olmaydi. Yoki qurilmangizda muayyan sozlamalarni moslash orqali rouming toʻlovlaridan saqlanishingiz mumkin.
Quyida rouming toʻlovlaridan saqlanish uchun bajarish kerak boʻlgan amallar keltirilgan:
- Qamrov hududini tark etishdan oldin parvoz rejimini yoqing
- Birlamchi SIM-kartangizni faolsizlantiring
- Iloji boʻlsa, birlamchi SIM-kartangiz uchun internet-roumingni faolsizlantiring
- Qurilmangizda mobil trafik almashinuviga yoʻl qoʻymang
Qurilma sozlamalarini moslashdan tashqari, quyidagilar istalmagan rouming toʻlovlaridan saqlanishga yordam beradi:
- Check the billing section for your primary mobile provider to see if you're incurring any roaming charges.
- eSIM trafigi ishlatilayotganiga ishonch hosil qilish uchun Airalo ilovasida eSIM trafik sarfini kuzating.
- Chaqiruvlar va xabarlar uchun uyali aloqa tarmogʻini talab qilmaydigan ilovalardan, masalan, WhatsApp, Signal yoki Telegramdan foydalaning.
Parvoz rejimini qanday yoqaman?
Parvoz rejimini yoqish qurilmangizning hech qanday uyali aloqa tarmogʻiga ulanmasligini taʼminlaydi. Birlamchi SIM-kartangiz xorijda hech qanday tarmoqqa ulanmasligini taʼminlash uchun birlamchi qamrov hududingizni tark etishdan oldin bu rejimni yoqing.
iOS qurilmalarda parvoz rejimini yoqish
- Settings rukniga kiring.
- Airplane Mode rejimini yoqing.
Android qurilmalarda parvoz rejimini yoqish
-
Sozlamalar rukniga kiring.
-
Tarmoq va internet bandini tanlang.
-
Parvoz rejimini yoqing.
Parvoz rejimini qachon faolsizlantirishim mumkin?
eSIM ishlatishga tayyor boʻlguningizga qadar parvoz rejimini yoniq holda saqlang – birlamchi SIM-kartangiz, internet-rouming (agar imkoni boʻlsa) va mobil internetni almashtirishni faolsizlantirganingizga ishonch hosil qiling.
Birlamchi SIM-kartamni qanday faolsizlantirishim mumkin?
Birlamchi SIM-kartangiz – siz oʻz mamlakatingizda doimiy ishlatadigan SIM-karta, bu eSIM boʻlishi ham mumkin.
Birlamchi SIM-kartani faolsizlantirish uchun qurilmangizda bir nechta sozlamani oʻzgartirishingiz kerak.
iOS qurilmalarda birlamchi SIM-kartani faolsizlantirish
1. Settings > Cellular rukniga kiring.
2. Birlamchi SIM-kartangizni tanalng.
3. Turn On This Line sozlamasini faolsizlantiring.
Yodda tuting: muayyan hududlarda Cellular rukni Mobile Data deb atalishi mumkin.
Android qurilmalarda birlamchi SIM-kartani faolsizlantirish
1. Sozlamalar > Tarmoq va internet > SIM-kartalar rukniga kiring.
2. Birlamchi SIM-kartangizni faolsizlantiring.
How can I turn off data roaming for my primary SIM?
Internet-roumingni faolsizlantirish SIM-kartangizning oʻz qamrov hududidan tashqarida internetdan foydalanmasligini taʼminlaydi. Internet-roumingni qurilmangizda bir nechta sozlamani oʻzgartirish orqali faolsizlantirishingiz mumkin.
iOS qurilmalarda birlamchi SIM-karta uchun internet-roumingni faolsizlantirish
1. Settings > Cellular rukniga kiring.
2. Birlamchi SIM-kartangizni tanalng.
3. Data Roaming sozlamasini faolsizlantiring.
Yodda tuting: muayyan hududlarda Cellular rukni Mobile Data deb atalishi mumkin.
Android qurilmalarda birlamchi SIM-kartam uchun internet-roumingni faolsizlantira olamanmi?
Afsuski, Android foydalanuvchilar muayyan SIM-karta uchun internet-roumingni faolsizlantira olmaydi – internet-rouming ishlatilayotgan barcha SIM-kartalarga tatbiq etiladi.
Ayrim eSIMʼlardan foydalanish uchun internet-rouming talab etilishi sababli rouming toʻlovlaridan saqlanish uchun birlamchi SIM-kartangiz faolsizlantirilganiga ishonch hosil qiling.
Agar eSIMʼni ishlatish uchun internet-rouming talab etilmasa, quyidagi amallarni bajarish orqali internet-roumingni faolsizlantirishingiz mumkin:
1. Sozlamalar > Tarmoq va internet > Mobil tarmoq > Rouming rukniga kiring.
2. Roumingni faolsizlantiring.
Qanday qilib mobil internet almashinuvining oldini olishim mumkin?
Mobil internet almashinuvining oldini olish qurilmangizning mavjud biror tarmoqqa ulanish uchun mavjud SIM-kartalar orasida almashmasligini taʼminlaydi. Bir vaqtda bitta faqat SIM-kartadan foydalanishni taʼminlash uchun bir nechta sozlamani oʻzgartirishingiz mumkin.
iOS qurilmada qanday mobil internet almashinuvini faolsizlantirish
1. Settings > Cellular > Cellular Data rukniga kiring.
2. Xarid qilingan eSIMʼni birlamchi raqam sifatida tanlang.
3. Allow Cellular Data Switching sozlamasini faolsizlantiring.
Android qurilmada qanday mobil internet almashinuvini faolsizlantirish
1. Sozlamalar > Tarmoq va internet > SIM-kartalar > Mobil internet rukniga kiring.
2. Airalo eSIMʼni tanlang.
Savollaringiz boʻlsa yoki qoʻshimcha maʼlumot kerak boʻlsa, har doim yordam jamoamizga murojaat qilishingiz mumkin. Biz 24/7 rejimida ishlaymiz va har doim yordamga shaymiz.