Bepul salomlashuv eSIM nima?

Bepul salomlashuv eSIM – bu saralangan manzillar uchun bepul eSIM paketini oʻz ichiga olgan tanituv taklifidir. Bu taklif yangi foydalanuvchilarga Airalo bilan ishlashni boshlashga yordam berish va birinchi marta eSIM orqali aloqada qolishga yordam berish uchun moʻljallangan.

Bu maqolda quyidagi savollarga javob topasiz:

  • Bepul salomlashuv eSIM kartani kimlar olishi mumkin?
  • Bepul salomlashuv eSIM qanday manzillarni qamrab oladi?
  • Bepul salomlashuv eSIM kartani qanday olish mumkin?
  • Bepul salomlashuv eSIM qanday ishlatiladi?

Bepul salomlashuv eSIM kartani kim ishlatishi mumkin?

Bepul salomlashuv eSIM kartani olish uchun quyidagi shartlarga mos boʻlishingiz kerak:

  • Airalo hisobini yaratgan boʻlish.
  • Airaloʼda hali hech qanday xaridni amalga oshirmagan boʻlish.

Faqat bitta Bepul salomlashuv eSIM olishingiz mumkin. Agar bitta manzil uchun bepul eSIM olsangiz, bu taklifdan boshqa bir manzil uchun foydalanishingiz mumkin emas.

Bundan tashqari, agar Bepul salomlashuv eSIM olsangiz, chegirma uchun tavsiya kodini ishlata olmaysiz. Biroq doʻstlarni taklif qilish va Airaloʼdan xarid qilgan doʻstlar uchun Airmoney olishda davom etishingiz mumkin.

Bepul salomlashuv eSIM qanday manzillarni qamrab oladi?

Hozirda Bepul salomlashuv eSIM quyidagi manzillar uchun mavjud:

  • Gretsiya
  • Portugaliya
  • Ispaniya

Har bir manzil uchun taklif etiladigan trafik miqdori yoki yaroqlilik muddati kabi paket tafsilotlari farq qilishi mumkin. 

Bepul salomlashuv eSIM kartani qanday olish mumkin?

Bepul salomlashuv eSIM kartani olish uchun Airalo hisobiga ega boʻlishingiz kerak. Airalo ilovasi yoki veb-sayti orqali hisob yaratishingiz mumkin. 

Hisobingizga kirgandan keyin quyidagi amallarni bajaring:

  1. Doʻkon rukniga kirib, “Bepul eSIM qanday qanday olinadi” deb yozilgan banner ustiga bosing yoki unga tegining.
  2. Mavjud manzillarni koʻrish tugmasini bosing.
  3. Kerakli manzilni tanlang.
  4. Bepul salomlashuv eSIM kartani olish uchun SOTIB OLISH tugmasini bosing, agar mavjud boʻlsa, bu birinchi eSIM paketi boʻladi.
  5. eSIM tafsilotlarini tekshiring, keyin SOTIB OLISH > BUYURTMANI YAKUNLASH tugmalarini bosing.

Buyurtma yakunlangach, Bepul salomlashuv eSIM eSIM kartalaim ruknida paydo boʻladi.

Bepul salomlashuv eSIM qanday ishlatiladi?

Bepul salomlashuv eSIM kartani ishlatish uchun oʻrnatish va faollashtirish koʻrsatmalarini bajaring. 

  1. Bepul salomlashuv eSIM uchun eSIM kartalarim > Tafsilotlar rukniga kiring.
  2. Koʻrsatmalarni ochish tugmasini bosing.
  3. Siz uchun afzal oʻrnatish usulini tanlang – bevosita, QR kod orqali yoki qoʻlda.
  4. Koʻrsatmalarni diqqat bilan oʻqing va bajaring – oʻrnatish jarayoni davomida barqaror internet aloqasiga ega boʻlishingiz lozim.

eSIM oʻrnatilgach, manzildagi mahalliy tarmoqqa ulashi uchun koʻrsatmaga amal qiling.

Agar yana trafik kerak boʻlsa, Bepul salomlashuv eSIM hisobini osongina toʻldirishingiz mumkin. eSIM hisobini qanday toʻldirish haqidagi qadamma-qadam koʻrsatmalar uchun eSIM hisobi qanday toʻldiriladi? savoliga qarang.

Qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa yoki yordam kerak boʻlsa, bizga murojaat qiling. Yordam jamoamiz 24/7 rejimida ishlaydi va har doim mamnuniyat bilan yordam beradi.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x