Qurilma eSIM-mos keladimi, ishlab chiqaruvchi eSIM-kartani o'z ichiga oladimi-yo'qligiga bog'liq. Shuning uchun bizda oson tekshirish uchun eSIM-mos keluvchi qurilmalar roʻyxati mavjud.
Ayrim mamlakat va mintaqalarda eSIM kartani dastaklamaydigan modellar chiqarilishi mumkin. Yoki sizga qurilmani sotgan operator eSIM xususiyatini yoqmagan boʻlishi mumkin.
iOS qurilmangiz eSIM kartani dastaklashi yoki dastaklamasligini tekshirish uchun quyidagi qadamlarni bajaring. Yodda tuting, bu qadamlarning ayrimlari qurilmangizga tatbiq etilmasligi mumkin. eSIM funksiyasi mavjudligini tekshirishning eng yaxshi usuli – bu qurilma ishlab chiqaruvchisi, taʼminotchi yoki asosiy operatorga murojaat qilishdir.
iPhone uchun:
- Settings ilovasini ochib, General rukniga kiring.
- About tugmasini bosing.
- To AXXXX satri paydo boʻlgunicha Model Number bandi ustiga bosing.
- iPhone qurilmangizning Model raqami (Model Number) kelib chiqishi Xitoy mintaqasiga taqalmasligiga ishonch hosil qiling. Ma'lumotni ushbu havolada topish mumkin.
Agar model raqami Kontinental Xitoy, Gonkong va Makaoga tegishli bo'lmasa, qurilmangizda eSIM dastaklanishi kerak. Keyin quyidagi qadamlarni bajarish orqali iPhone qurilmangiz operatorga bogʻlangan yoki bogʻlanmaganini tekshiring.
- Settings ilovasini ochib, General rukniga kiring.
- About tugmasini bosing.
- Varaqlab Carrier Lock bandiga tushing. Agar Carrier Lock bandi yonida No SIM restrictions (SIM cheklovlari yoʻq) yozuvi chiqsa, iPhone qurilmangiz operatorga bogʻlanmagan boʻladi.
iPad uchun:
- Settings ilovasini ochib, General rukniga kiring.
- About tugmasini bosing.
- To AXXXX satri paydo boʻlgunicha Model Number bandi ustiga bosing.
- iPhad qurilmangizning Model raqami (Model Number) kelib chiqishi Xitoy mintaqasiga taqalmasligiga ishonch hosil qiling. Ushbu maʼlumotni bu yerdan topishingiz mumkin.
Agar model raqami Xitoy materik, Gonkong va Makao variantlaridan birortasiga mos kelmasa, qurilmangiz uyali aloqa funksiyalarini qo‘llab-quvvatlasa, eSIM-mos bo‘lishi kerak.
Hali ham ishonchingiz komil boʻlmasa, eSIM ishlatish imkoniyatini tekshirish uchun qurilma ishlab chiqaruvchisi, taʼminotchi yoki asosiy operatorga murojaat qiling.
Agar sizda biron bir savol bo'lsa, iltimos, qo'llab-quvvatlash jamoamiz bilan bog'laningva biz yordam berishdan xursand bo'lamiz!