Airalo foydalanuvchisi sifatida joylashuvingiz haqidagi axborotni Airaloʼga ulashish imkoniga egasiz – joylashuv ruxsatlarini yoqish yoki faolsizlantirishingiz mumkin.
Agar yoqilsa, Airalo joylashuvingiz haqidagi axborotdan xarid va eSIM ishlatish tajribangizni yaxshilovchi tegishli xabarlarni oʻz vaqtida yetkazish uchun foydalanadi. Faolsizlantirilsa, Airalo mutlaqo joylashuvingiz haqidagi axborotdan foydalanmaydi yoki joylashuvingizni kuzatmaydi.
Joylashuvimni Airaloʼga ulashsam, qanday bildirishnomalarni olaman?
Airalo joylashuvingiz haqidagi axborotdan turli tegishli xabar, jumladan, quyidagilarni oʻz vaqtida yuborish uchun foydalanadi:
-
Salomlashuv xabarlari – biror yangi mamlakatga sayohat qilsangiz, manzilga yetib kelganingizni tasdiqlash uchun xabar yuboramiz.
-
Aksiyalar – ayrim aksiyalarimiz faqat muayyan mintaqalarga tegishlidir, joylashuvingizga qarab chegirmalar olishingiz mumkin.
-
Eslatmalar – muayyan sayohat markazlari, masalan, aeroportlarda kelgusi safarlar uchun eSIM xarid qilishni eslatish uchun xabar yuboramiz.
-
Yordam xizmatidan xabarlar – yordam xizmatiga oid ayrim muammolar joylashuvingizga aloqador boʻlishi mumkin, joyashuvingiz haqidagi axborotdan nosozliklarni aniqlashni tezlashtirish uchun foydalanamiz.
Yodda tuting: bu xabarlarning ayrimlari joylashuvingiz haqidagi axborotni har doim Airaloʼga ulashishni talab qiladi.
Joylashuvimni qanday qilib Airaloʼga ulashishim mumkin?
Qurilmangizga qarab, bir nechta usulda va bir necha joylashuv ruxsatlari darajasida Airaloʼga joylashuvingiz haqidagi axborotni ulashishingiz mumkin.
iOS qurilmalarda joylashuvimni qanday ulashaman?
Airalo ilovasini ochsangiz, joylashuvingizni ulashishni soʻrovchi bildirgi chiqishi mumkin.
iOS qurilmalar uchun ushbu joylashuv ruxsatlarini yoqish uchun “Bu ilovadan foydalanish vaqtida ruxsat” bandini tanlang. Keyin sizdan joylashuvingizni har doim ulashishni xohlash yoki xohlamasligingiz soʻraladi. Buni yoqishni xohlasangiz, “Har doim ruxsat berishga almashtirish” parametrini tanlang.
Agar bu ilova ichidagi bildirgilardan joylashuvni ulashishni yoqmasangiz, sozlamalar orqali quyidagi tartibda joylashuvni ulashishni tanlashingiz mumkin:
- Settings > Airalo > Location rukniga kiring.
- “ALLOW LOCATION ACCESS” ruknidan “Always” bandini tanlang.
Agar joylashuv ruxsatlarini “Bu ilovadan foydalanish vaqtida ruxsat” parametriga sozlasangiz, sizga joylashuvga oid muayyan bildirishnomalar yuborilmasligi mumkin.
Android qurilmalarda joylashuvimni qanday ulashaman?
Airalo ilovasini ochsangiz, joylashuvingizni ulashishni soʻrovchi bildirgi chiqishi mumkin.
Android qurilmalar uchun ushbu joylashuv ruxsatlarini yoqish uchun “Bu ilovadan foydalanish vaqtida” bandini tanlang.
Agar bu ilova ichidagi bildirgilardan joylashuvni ulashishni yoqmasangiz, sozlamalar orqali quyidagi tartibda joylashuvni ulashishni tanlashingiz mumkin:
- Sozlamalar > Ilovalar > Airalo > Ruxsatlar > Joylashuv rukniga kiring.
- “Faqat bu ilovadan foydalanish vaqtida ruxsat” bandini tanlang.
Eslatma: Android foydalanuvchilari joylashuvini Airaloʼga har doim ulashish sozlamasini yoqish imkoniyatiga ega emas.
Joylashuvimni Airaloʼga ulashishni qanday toʻxtatishim mumkin?
Joylashuvingizni Airaloʼga ulashishni toʻxatish uchun qurilmangizga qarab turli qadamlarni bajarishingiz kerak.
iOS qurilmalarda joylashuvni ulashish qanday toʻxtatiladi?
iOS qurilmalarda joylashuvni ulashishni toʻxtatish uchun quyidagilarni bajaring:
- Settings > Airalo> Location rukniga kiring.
- “ALLOW LOCATION ACCESS” ruknidan “Never” bandini tanlang.
Android qurilmalarda joylashuvni ulashish qanday toʻxtatiladi?
Android qurilmalarda joylashuvni ulashishni toʻxtatish uchun quyidagi ruknlarga kiring: Sozlamalar > Ilovalar > Airalo > Ruxsatlar > Joylashuv > Ruxsat berilmasin.
Qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa yoki yordam kerak boʻlsa, bizga murojaat qiling. Yordam jamoamiz 24/7 rejimida ishlaydi va har doim mamnuniyat bilan yordam beradi.