eSIM qanday ishlashi haqida bilish kerak boʻlgan barcha maʼlumot

Chet elga sayohat qiluvchilar har doim aloqada qolishga oid qiyinchiliklarga duch kelgan: mahalliy SIM karta xarid qilishdagi qiyinchiliklar, joriy operatoringizning xalqaro xizmat uchun katta miqdorda haq undirishi va boshqalar. Bular uchun yaxshi bir yechim yoʻqdek tuyulgan.

Aslida esa, bunday yechim bor: eSIM kartalar bir necha yildan beri bozorda mavjud, lekin ular faqat yaqin vaqtlardan boshlab oʻzlariga munosib eʼtiborni jalb qila boshladi.

Hech eSIM qanday ishlashiga qiziqqanmisiz? Sizga yaxshi yangiligimiz bor!

Quyida sayohatni osonlashtiruvchi va safar davomida aloqada qolish imkonini beruvchi ushbu ajoyib texnologiya haqida maʼlumot olishingiz mumkin.

 

eSIM va uning vazifasi nima?

Telefon orqali mobil internet va uyali xizmatlardan foydalanish uchun SIM karta talab etiladi. Aksariyat hollarda, bu nozik qurilmani maxsus taglikka qoʻyib, telefon ichiga kiritish lozim. (Agar eski telefon ishlatsangiz, uning orqasini ochib, SIM kartani maxsus boʻlinmaga joylashingiz kerak)

Bu holat bilan tanish boʻlsangiz kerak. Muntazam ravishda SIM kartani telefondan telefonga almashtirish yoki SIM kartani oʻzini almashtirish juda holdan toydirishi mumkin.

Biroq eSIM ishlatsangiz, bunday muammoga duch kelmaysiz. eSIM – bu ichki SIM karta – bevosita telefonning elektron platasiga joylashtirilgan kichik chipdir. Koʻplab yangi telefonlar odatiy SIM karta bilan birga, eSIM kartani ham dastaklaydi.

Anʼanaviy SIM kartalar bilan taqqoslaganda, eSIM bir nechta afzallikka ega. Masalan:

  • eSIM yordamida bir qancha internet paketlarini saqlash mumkin. Moddiy SIM kartadan farqli ravishda, faqat bitta internet paketi bilan cheklanib qolmaysiz.
  • Ular qudratliroq telefonlardan foydalanish imkonini beradi. eSIM surma taglikli SIM kartaga qaraganda ancha kam joy egallaydi. eSIM kartalarning ommalashish sabablari biri shuki, ular ishlab chiqaruvchilarga boshqa tarkibiy qismlarning, masalan, batareyaning oʻlchamini kattalashtirish imkonini beradi.
  • Ortiq plastik komponentlar bilan oʻralashish shart emas. Yaxshiyamki, yangi telefonlarda orqa panelni ochish talab etilmaydi. eSIM esa bunda-da qulayroq imkoniyatni taqdim etadi – SIM karta boʻlmasi teshigiga mos keluvchi skrepka izlash kabi ovoragarchilikdan xalos boʻlasiz.
     

eSIM qanday ishlaydi?

Agar eSIM raqamli SIM karta boʻlsa, u xuddi moddiy SIM karta kabi ishlaydimi?

Bizga bu savolni juda koʻp berishadi. Qisqa javob: ha.

eSIM dastaklanadigan bacha telefonlarning Sozlamalar ruknida uyali tarif rejasini kiritish imkoniyati mavjud. ( iPhone uchun koʻrsatmalar.) Airalo marketplace orqali internet paketi xarid qilgansiz, eSIM kartani QR kod yordami bevosita ilovada yoki eSIM maʼlumotlarini kiritish orqali oʻrnatishingiz mumkin. Bu atigi bir necha daqiqa vaqt oladi va siz muayyan muddat uchun maʼlum miqdordagi mobil internetga ega boʻlasiz (paketingizga bogʻliq).

Bularni bilishingiz kerak:

  • Sotib olinadigan internet paketi odatiy operatoringizdan toʻliq alohidadir. Chet elda internetdan foydalanganlik uchun katta miqdordagi toʻlovlarning oldini olishingiz, shu bilan birga, joriy telefon raqamingizdan foydalanishingiz mumkin.
  • eSIM mahalliy tarmoqlarga ulanadi. Airalo eSIM kartalari 200 dan ortiq mamlakatda ishlaydi, shu sababli, safar davomida tezkor internetga osongina ulanishingiz mumkin.
  • Airalo shartnoma tuzishni talab qilmaydi. eSIM internet paketini istalgan vaqtda yangilash mumkin. Besh daqiqadan kamroq vaqt ichida internet paketi hisobini toʻldirish yoki tarifni almashtirishingiz mumkin.

Ikki SIM karta texnologiyasi eSIM bilan bir xilmi?

Bunday deb boʻlmaydi.

Ikki SIM karta texnologiyasi telefonda bir vaqtning oʻzida bir qancha SIM kartadan foydalanish mumkinligini anglatadi. Lekin bu ikkilamchi SIM karta eSIM ekanini bildirmaydi. Koʻplab telefonlarda ikkita SIM karta dastaklanadi, lekin eSIM karta dastaklanmaydi. Ular ikkita moddiy SIM karta boʻlinmasiga ega, buni taglikdan koʻrish mumkin.

Ikkita SIM kartani dastaklovchi boshqa telefonlarda esa ikkinchi SIM karta sifatida eSIM kartadan va hatto bir vaqtning oʻzida ikkita eSIM kartadan foydalanish mumkin.

Qaysi telefonlarda eSIM ishlatish mumkin?

eSIM dastaklanadigan qurilmalar roʻyxati bilan tanishing (bu roʻyxat muntazam ravishda yangilanadi).

(Biz eSIM dastaklanadigan 12 ta eng yaxshi telefon roʻyxatini ham tuzganmiz).

Qayerda eSIM ishlatish mumkin (ishlatib boʻlmaydi)?

Hozirda Airalo doʻkonidan 200 dan ortiq mamlakat va mintaqa uchun eSIM rejalarini sotib olish mumkin. Odatda eSIM kartalar aksariyat Yevropa mamlakatlaridagi yirik operatorlar tomonidan, shuningdek, Kanada, Gonkong, Hindiston, Singapur, Tayvan va AQSH kabi tijoriy markazlarda dastaklanadi.

Shu sababli, qayerga borishingizdan qatʼi nazar, eSIM kartadan foydalanish imkoniyatining mavjudligi ehtimoli ancha yuqori.

Siz joriy operatoringiz eSIM kartasidan foydalanishingiz ham mumkin. Aksariyat hollarda, bu jarayon moddiy SIM kartani almashtirish jarayoniga oʻxshaydi. Odatda bu uchun operatoringiz bilan bogʻlanishingiz yoki ayrim hollarda, shaxsan operator doʻkoniga borishingiz kerak, Tabiiyki, bu muayyan vaqt ajratishni talab qiladi.

Chegarasiz sarguzashtlar va Airaloʼdan cheksiz mobil internet

Mana, endi siz eSIM aynan qanday ishlashini bilib oldingiz. Umuman olgandi, eSIM moddiy SIM kartaning raqamli variantidir. U telefon platasiga kavsharlangan chip boʻlgani sababli, uni hech qachon yoʻqotib qoʻymaysiz. Bundan tashqari, bir vaqtda bir nechtasini saqlashingiz mumkin. Bu (deyarli) qayerga borishingizdan qatʼi nazar, mobil internetdan mahalliy narxlarda foydalanishingiz mumkinligini anglatadi.

Bu barcha tomonlar uchun manfaatli yechimdir, shu sababli, tez-tez xorijga safar qiluvchilar orasida tezkorlik bilan ommalashmoqda. Airalo's eSIM rejalari bilan tanishing.


eSIM kartani sinash va yangicha usulda muloqot qilishga tayyormisiz?

Istalgan vaqtda va istalgan joyda eSIM karta xarid qilish, boshqarish va uning hisobini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling!

Airalo | Download mobile app
Airalo | Use your Free Credit

Olingan kreditni ishlating.

Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali USD $3.00 miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.