Airalo eSIM kartani ishlatish: Savol-javob va resurslar

eSIM nima? Sodda qilib aytganda, eSIM kartani bu ichki yoki virtual SIM karta deyish mumkin. U bevosita qurilma ichiga oʻrnatilgani sababli internet paketlarini oʻzgartirish uchun SIM kartalarni almashtirish talab etilmaydi. Siz, shunchaki, Airalo ilovasidan internet paketlarini yuklab olib, oʻrnating va ulardan darhol foydalanishni boshlashingiz mumkin.

eSIM odatiy SIM kartada mavjud barcha imkoniyatlar, jumladan, quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • Maʼlumotlarni uzatish uchun mobil tarmoqdan foydalanish
  • Chaqiruv va SMS uchun uyali aloqadan foydalanish
  • Qurilmada maʼlumotlarni koʻrish, skanerlash, saqlash, qidirish, faollashtirish va yuklab olish
  • Telefon raqamingizni saqlagan holda telefon liniyasini almashtirish
  • Rouming toʻlovlari haqida xavotir olmaslik
  • eSIM rejasini raqamli tarzda faollashtirish – telefonga chipni kiritish shart emas
  • Airalo ilovasi yordamida tarif rejasini mahalliy, mintaqaviy yoki xalqaro rejaga almashtirish
  • Trafikdan samarali foydalanish: oʻzingiz uchun eng mos tarifni tanlashingiz mumkin

Qurilmangizda eSIM dastaklanishini tekshirish uchun bu yerdagi roʻyxat bilan tanishing.

Airalo onlayn resurslari va qoʻllanmalari

Quyida eSIM kartani oʻrnatish, ishlatish va boshqarish boʻyicha Airalo resurslari va qoʻllanmalari keltirilgan:

  • Airalo haqida batafsil maʼlumot olish uchun Airalo haqida rukniga kiring
  • Airalo Airmoneyʼdan foydalanish, iOS yoki Android qurilmada eSIM oʻrnatish va boshqa umumiy nosozliklarni tuzatish masalalari boʻyicha savollaringiz boʻlsa Airalo Yordam markaziga kiring.
  • Agar savolingizga Yordam markazidan javob topilmasa, aloqa shaklini toʻldiring yoki yordam jamoasi bilan bogʻlanish uchun email yuboring.
  • Agar biz bilan hamkorlik qilish yoki affillangan shaxs boʻlishga qiziqsangiz, Hamkorlik sahifasiga kiring.
  • eSIM texnologiyasiga oid oxirgi yangiliklar bilan tanishib borish uchun blogimizga tashrif buyuring.
  • Agar video qoʻllanmalar yoki boshqa onlayn kontent kerak boʻlsa, YouTube kanalimizga obuna boʻling.

eSIM haqida savollarga javoblar

Savol: SIM qisqartmasi nimani anglatadi?

Javob: Abonent identifikatsiyasi moduli

Savol: eSIM hisobini toʻldirish mumkinmi?

Javob: eSIM kartaga bogʻliq. Ayrim eSIM kartalar hisobini onlayn tarzda toʻldirish mumkin, ayrim hollarda esa yangi eSIM xarid qilish talab etiladi. Airalo ilovasidagi “eSIM kartalarim” ruknida eSIM kartangiz hisobini toʻldirish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirishingiz mumkin.

Savol: Nega eSIM narxlari farq qiladi?

Javob: Turli provayderlar mahalliy cheklovlar, bozordagi raqobat va tartib-qoidalar asosida turli tariflarni taklif qiladi. eSIM narxlari mintaqaga qarab farq qilsa-da, Airalo har doim tegishli mintaqa uchun raqobatbardosh bozor narxini taklif qiladi.

Savol: eSIM kartaning yaroqlilik davri nima?

Javob: Yaroqlilik davri – bu eSIM kartadagi tarif rejasi faol boʻladigan muddatdir. Agar yaroqlilik davri bir hafta boʻlgan eSIM xarid qilsangiz, xarid vaqtidan bir hafta oʻtgach, bu eSIM kartadan foydalanish imkoniyati yoʻqoladi.

Savol: Trafik limiti nima?

Javob: Trafik limiti paket yoki yaroqlilik davriga bogʻliq. Aytaylik, siz yaroqlilik davri bir hafta boʻlgan 1GB trafikka ega eSIM kartani sotib oldingiz. Bu trafikni sarflab boʻlgach yoki yaroqlilik davri tugagach, hisobni toʻldirishingiz yoki boshqa eSIM paketini sotib olishingiz kerak.

Yana savolingiz bormi? Mamnuniyat bilan yordam beramiz! Qoʻshimcha yordam olish uchun yordam jamoasiga murojaat qiling.


eSIM kartani sinash va yangicha usulda muloqot qilishga tayyormisiz?

Istalgan vaqtda va istalgan joyda eSIM karta xarid qilish, boshqarish va uning hisobini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling!

Airalo | Download mobile app
Airalo | Use your Free Credit

Olingan kreditni ishlating.

Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali USD $3.00 miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.