eSIM nima va u qanday ishlaydi?

eSIM kartalar aloqada qolish usulini oʻrgartirmoqda, lekin bu hali koʻpchilik uchun yangi texnologiya hisoblanadi. Bu yerda biz eSIM haqidagi barcha zaruriy maʼlumotlarni toʻpladik. Bu maqolada eSIM nima ekani, u qanday ishlashi, eSIM afzalliklari boshqalar haqida bilib olasiz.

Maqola tarkibi:

eSIM nima?

Dastlab asosiy masalani koʻrib chiqamiz: eSIM nima? eSIM "ichki oʻrnatilgan SIM karta" jumlasining qisqartmasidir. Xuddi moddiy SIM karta kabi, u ham sizni mobil tarmoq abonentini aniqlaydigan va tarmoqqa ulaydigan kichik chipdir. Anʼanaviy SIM kartadan farqli ravishda, u qurilmangiz ichiga oʻrnatilgan va 100% raqamli tarzda ishlaydi.

eSIM va moddiy SIM karta: ularning farqi nimada?

eSIM va moddiy SIM karta orasida bir nechta asosiy farq bor:

  • Moddiy SIM karta yechib olinadigan chipdir.
  • eSIM esa qurilmangiz ichiga oʻrnatilgan.
  • Moddiy SIM karta muayyan operatorga bogʻlangan boʻladi.
  • eSIM esa operatordan mustaqil ravishda ishlaydi.
  • Moddiy SIM karta yechib olsa boʻladi va uni yoʻqotish yoki oʻgʻirlatib qoʻyish mumkin.
  • eSIM kartani oʻchirish mumkin, lekin u yoʻqolmaydi yoki uni oʻgʻirlab boʻlmaydi.

eSIM va moddiy SIM karta

eSIM qanday ishlaydi?

eSIM nima ekanini bilib oldik, keling, endi eSIM qanday ishlashini koʻrib chiqamiz. eSIM kartani raqamli SIM karta deyish mumkin. U yoʻl-yoʻlakay trafik yuklab olish imkonini beruvchi qayta dasturlanadigan chipdir. Operator yoki tarif rejasini almashtirish uchun qayerda SIM karta sotilishini izlash yoki moddiy SIM kartani koʻtarib yurishingiz shart emas. eSIM trafik rejasini xarid qilish va yuklab olishning oʻzi kifoya – bir zumda mobil tarmoqqa ulanishingiz mumkin.

Airalo eSIM kartasini quyidagicha yuklab olish va faollashtirish mumkin:

  • Telefoningiz operatorga bogʻlanmagani va eSIM kartani dastaklashiga ishonch hosil qiling.
  • Airalo veb-saytiga kiring yoki Airalo ilovasini yuklab oling (iOS | Android).
  • Biror eSIM tarif rejasini tanlang (mahalliy, mintaqaviy va global rejalardan birini tanlash mumkin).
  • Sotib olingan tarif rejasini yuklab olish va oʻrnatish uchun berilgan koʻrsatmalarni bajaring (bu atigi bir necha daqiqa vaqt oladi).
  • Manzilingizga yetib borgach, mahalliy tarmoqqa ulaning!

Airalo ilovasi ochilgan smartfon

eSIM afzalliklari: nega bu texnologiyaga oʻtish kerak?

eSIM afzalliklari anchagina – yoʻl-yoʻlakay aloqadan qolishdan tortib qimmat rouming toʻlovlari bilan qutilishgacha. Quyida Airalo eSIM kartasiga oʻtishning eng asosiy afzalliklari haqida bilib olasiz.

Ichki oʻrnatilgan texnologiya

Eng katta eSIM afzalliklaridan biri – bu moddiy SIM kartalarni olib yurish zaruratidan xalos boʻlish. Yangi mamlakatga otlandingizmi? Mahalliy SIM karta uchun navbatda turish va SIM karta toʻldirish tizimi bilan oʻralashib yurishingizga hojat yoʻq. Buning oʻrniga eSIM tarif rejasini yuklab oling va sayohatlaringizni soddalashtiring!

Moslashuvchan internet paketlari

Eng mos tarif rejasini tanlang. Airalo tarif rejalari quyidagilarga qarab farq qiladi:

  • Joylashuv (masalan, mahalliy, mintaqaviy, global)
  • Trafik (masalan, 1 GB, 3 GB, 5 GB, va h.k.)
  • Yaroqlilik davri (masalan, 7 kun, 14 kun, 30 kun va h.k.)
  • Narx (tanlangan paketga bogʻliq)

Maslahat:Trafigingiz tugayotgan boʻlsa, Airalo ilovasida osoniga hisobni toʻldirishingiz mumkin.

Global qamrov

Airalo eSIM kartalarining yana bir afzalligi shundaki, dunyo boʻylab 200 dan ortiq manzillar uchun tarif rejalar taklif etiladi. Torontoga borasizmi yoki Tanjirgami, istalgan yerda aloqada qolishingiz mumkin. Shunchai eSIM xarid qiling, uni qurilmangizga oʻrnating va qoʻnishingiz bilanoq mahalliy tarmoqqa ulaning.

Bir nechta eSIM saqlash

Aksariyat qurilmalarda bir nechta eSIM saqlashingiz mumkin, bu bir nechta raqamdan foydalanishni osonlashtiradi. Aytaylik, sizda shaxsiy va ish uchun telefon bor. Ikkita eSIM kartaga ega boʻlsangiz, ikkita qurilmani koʻtarib yurishingiz shart boʻlmaydi.

Asosiy raqamni saqlab qolish

Telefonlarga bogʻlanib qolishimizning sababi bor. Ular juda koʻp funksiyalarni bajaradi: shaxsni tasdiqlashdan tortib doʻstlar va oila aʼzolari bilan aloqada qolishgacha. Ikki SIM kartali telefon yordamida internet uchun eSIM ishlatish hamda SMS va chaqiruvlar uchun asosiy raqamingizdan foydalanishda davom etishingiz mumkin.

Kutilmagan rouming toʻlovlari yoʻq

Amalda chet elga chiqqan har bir shaxs kutilmagan rouming xarajatlari muammosi bilan duch kelgan. Ular juda tez oshib boradi. Airalo eSIM kartasini xarid qilsangiz, aniq trafik miqdori uchun toʻlov qilasiz, trafik tugab qolsa, hisobni toʻldirishingiz mumkin. Yaʼni uyga qaytganingizda yoqimsiz rouming xarajatlari sizni kutib olmaydi.

eSIM qanday ishlatiladi?

Safarda eSIM ishlatish juda qulay, lekin bu texnologiyadan foydalanishning boshqa koʻplab usullari bor. Airalo mijozlarining ayrim eSIM kartadan foydalanish usullari bilan tanishing.

Koʻngil ochish uchun sayohat

Aksariyat Airalo mijozlari eSIM kartani sayohatlar uchun ishlatadi. Xoh dam olish kunlaridagi safar, xoh bir nechta mamlakat boʻylab xalqaro safar boʻlsin, eSIM butun dunyo boʻylab aloqada qolishning oson va hamyonbop usulidir. Bitta joyda uzoqroq qoluvchi mijozlar odatda oʻz safari davomida bir necha marta eSIM hisobini toʻldiradi. Agar bir nechta mamlakat boʻylab sayohat qilishsa, ular odatda mintaqaviy yoki global tarif rejasini tanlaydi, bu rejalar bir nechta manzilda aloqada qolish imkonini beradi. 

Xorijda taʼlim

eSIM xalqaro talabalar orasida ham mashhur. Uydan uzoqqa koʻchish kuchli taassurot qoldiradi. Ayniqsa, yangi mamlakatda turli qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. eSIM xalqaro talabalarga xorijda yangi tanishlar orttirish vaqtida oʻz mamlakatidagi doʻstlari va oila aʼzolari bilan aloqada qolishni osonlashtiradi. 

Xizmat safari

Xizmat safari yuzasidan xorijga chiqsangiz yoki ishingiz safar qilishdan iborat boʻlsa (dengizchilar va bort provodniklari), eSIM ajoyib tanlovdir. eSIM turli manzillarda osonlik bilan operatorlar orasida almashish imkonini beradi. Mahalliy SIM kartani qayerdan sotib olishni qidirish, bir nechta SIM kartani koʻtarib yurish yoki rouming toʻlovlaridan xavotir olish shart emas.

Trafikni uyda ishlatish

Ayrim Airalo mijozlari eSIM kartadan uydagi internetning moslashuvchan muqobili sifatida foydalanadi. Mahalliy operatoringiz aloqasi sekin va/yoki ishonchsiz boʻlsa yoxud oyiga faqat bir necha kun yoki hafta internet ishlatmoqchi boʻlsangiz, bu shubhasiz toʻgʻri tanlovdir.

Masofadan ishlash

Agar siz xorijda yashovchi raqamli koʻchmanchi boʻlsangiz, eSIM ishlatish eng yaxshi variantdir. Chunki eSIM orqali osongina mahalliy tarmoqqa ulanish va istalgan turib joyda ishlash mumkin. Raqamli koʻchmangilar uchun afzalliklardan biri – bu masofadan ishlash uchun beqaror Wi-Fi tarmoqqa emas, eSIM trafigiga tayanish mumkinligidir. Qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar, eSIM karta yordamida Zoom chaqiruvlarini qabul qilish, emaillarni tekshirish va fayllar yuborishingiz mumkin. 

Oʻzi eSIM texnologiyasiga oʻtdingizmi? Ilk Airalo eSIM kartangizni bugunoq oling.


eSIM kartani sinash va yangicha usulda muloqot qilishga tayyormisiz?

Istalgan vaqtda va istalgan joyda eSIM karta xarid qilish, boshqarish va uning hisobini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling!

Airalo | Download mobile app
Airalo | Use your Free Credit

Olingan kreditni ishlating.

Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali USD $3.00 miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.