Nima uchun Airalo? Foydalanuvchilarimiz biz haqimizda nima deyishadi

eSIM kartalar bobida Airaloʼga teng keladigani yoʻq. 2019-yilda asos solingan Airalo kompaniyasi dunyodagi ilk eSIM doʻkoni boʻlib, hozirgacha eng yirik eSIM doʻkoni maqomini qoʻldan boy bermagan. Yuz minglab foydalanuvchi, oʻn minglab sharhlarga ega hamda yuzlab davlat va hududlarni qamrab olgan kompaniya sifatida biz eng zoʻr eSIM tarif rejalarini taklif etamiz. Foydalanuvchilar Airalo eSIMʼlarini nega yaxshi koʻrishini bilmoqchi boʻlsangiz, maqolani oʻqishda davom eting!

Nega eSIM?

Tasavvur qiling: yap-yangi telefon oldingiz, endi moddiy SIM karta olish va mahalliy internet paketini yoqtirish uchun mahalliy operator doʻkoniga borishingiz kerak. Koʻp vaqt oladi, a? Agar uyingizdan chiqmasdan, faqat birgina qurilma orqali oʻsha doʻkondan foydalanish imkoni boʻlsa-chi? 

Biz ana shu muammoning yechimini topganmiz. Istalgan payt (va joyda) internet paketlarini yuklab olish imkoniyati internetga ulanishni osonroq, hamyonboproq va barqarorroq qiladi – birdaniga uchta afzallikni qoʻlga kiritasiz!

eSIM nima? 

eSIM soʻzi "ichki abonent identifikatsiyasi moduli" jumlasining qisqartmasidir. Moddiy SIM kartadan farqli ravishda ichki SIM kartalar bevosita qurilmangizning oʻziga oʻrnatilgan. Bu siz Airalo ilovasi orqali istagancha internet paketlarni yuklab olish va provayderlarni almashtirish imkoniga egaligingizni anglatadi.

Moddiy SIM karta oʻrniga eSIM karta ishlatishning baʼzi afzalliklari:

  • Internet paketingizni QR kod orqali yuklab olish
  • Internetdan eSIM karta orqali foydalanish barobarida asosiy raqamingizni saqlab qolish
  • Hotspot orqali eSIM kartangizdagi trafikni boshqa qurilmalaringizga tarqatish
  • Oson foydalanish uchun telefoningizga bir nechta eSIM kartalarni oʻrnatish (qurilmaga bogʻliq)
  • eSIM kartalaringizni oʻzingiz istagan yorliq bilan nomlash va tartiblash
  • Rouming narxlarini chetlab oʻtish – barcha Airalo eSIM kartalarining haqi oldindan toʻlanadi va mahalliy tarmoqlar tomonidan dastaklanadi

Qurilmangizda eSIM dastaklanishini tekshirish

Qurilmangizda eSIM dastaklanishi yoki dastaklanmasligini bilmaysizmi? Buni tekshirish uchun quyidagi qadamlarni bajaring. 

1. Qurilmangizda eSIM yoqilgan-yoqilmaganini tekshiring 

Telefoningiz eSIM kartalarga mos yoki mos emasligini bilish uchun eSIM kartalarni dastaklovchi qurilmalar roʻyxatini tekshiring. Hozirgi Apple va Android qurilmalarining aksariyati eSIM kartalarni dastaklasa-da, baʼzi davlat va tarmoqlar eSIM karta ishlatishga cheklov qoʻyishi mumkin.

Agar telefon yoki qurilmangiz modeli roʻyxatimizda tilga olinmagan boʻlsa, qurilmangizning IMEI kodini (Xalqaro mobil qurilma identifikatsiyasi) tekshirishingiz mumkin, uni qurilmaning sozlamalaridan topasiz. Agar telefoningizda eSIM dastaklansa, IMEI yonida "eSIM", "eSIM yordami" yoki "Virtual SIM karta" kabi soʻzlarni koʻrasiz.

2. Telefoningiz operatorga bogʻlanmaganini tekshiring

eSIM ishlatish uchun telefoningiz mobil tarmoqqa bogʻlanmagan boʻlishi zarur. Aksariyat tarmoqlarda bu telefonga egalik huquqi va SIM kartalarni cheklovsiz ravishda qoʻshish, almashtirish yoki olib tashlash imkoniga ega boʻlishni anglatadi. Agar qurilmangiz bogʻlangan yoki bogʻlanmaganini aniq bilmasangiz, mobil provayderingizga murojaat qilib, telefon holatini aniqlashtiring. 

eSIM ishlatishning afzalliklari

Mobil internet doim ishlatishga tayyor turishi deyarli har qanday holatda maqsadga muvofiqdir. Foydalanuvchilarimiz bizga aytishdan charchamaydigan bir qancha afzalliklar (va ular nima sababdan Airaloʼning eSIM rejalarini eng zoʻr deb hisoblashlari!):

Bir zumda ulanish

Deyarli barcha foydalanuvchilarimiz internetga bir zumda ulanish imkoni nihoyatda ahamiyatli ekanini taʼkidlaydi. Foydalanuvchilarimizdan biri Dr. Jolin aytganidek:

Chekka davlatga sayohat qilib, u yerda internet rouming uchun yuzlab dollar sarflashingiz YOKI ushbu ilovani yuklab olib, eSIM oʻrnatish va daqiqalar ichida mahalliy internet provayderidan ikki finjon qahva narxida internet-trafik xarid qilishingiz mumkin!

Taʼtil yoki xizmat safarida vaqt bebahodir va hech kim moddiy SIM kartani sozlashga urinib vaqt sarflashni xohlamaydi. Ichki oʻrnatilgan SIM karta orqali tezkorlik va osonlik bilan yuklab olish, oʻrnatish va internetga ulanishingiz mumkin.

Global qamrov

Biz eSIM texnologiyasidan foydalanishga oʻtayotgan veteran sayyohlardan koʻplab sharhlar olganmiz. Foydalanuvchilardan biri BCGregory shunday deydi:

Men bir necha yil davomida butun dunyo boʻylab sayohat qildim va 45 mamlakatda boʻldim. Airalo chet elga sayohat qilish uchun men koʻrgan eng oson, foydali va tejamkor variantdir.

Yuzlab mamlakat va mintaqalar uchun tarif rejalarni taklif qiluvchi Airalo koʻp sayohat qiluvchilar uchun eng yaxshi eSIM kartalarga ega. Ularning barchasidan foydalanish uchun kerak boʻlgan yagona narsa – bu eSIM dastaklanadigan telefondir.

Bu kontinental/mintaqaviy va global tarif rejalarimiz orqali yanada soddalashtirilgan. Masalan, Yevropa boʻylab sahoyat qilayotgan boʻlsangiz, bitta eSIM orqali taqdim etiladigan mobil internet yordamida bir nechta mamlakatda aloqada qolishingiz mumkin!

Hamyonbop va shaffof

eSIM mahalliy tarmoqning rouming xizmatiga qaraganda hamyonboproq ekani haqidagi fikrlar sharhlar orasida koʻp uchraydi. David Schouten shunday deydi:

Men bir necha marta [eSIM] ishlatib koʻrdim va bu menga juda yoqdi. Hatto bir necha marta oy oxirigacha odatiy operatorim taqdim qiluvchi internet-trafikning barchasini ishlatib qoʻyganimdan keyin ham undan foydalandim va Airalo orqali MB sotib olish operatorim orqali olishdan arzonroq.

Bu koʻp narsani anglatadi! Mahalliy provayderingiz boshqa mamlakatda internet xizmatini taklif qilsa, tariflar narxi odatda juda yuqori boʻladi. Kunlik rouming tarif rejalari kuniga 10-15$ dan ortiq boʻlishi mumkin, bu haftasiga deyarli 70$ degani. Airalo tarif rejalari 7 kunlik reja uchun 5$ dan boshlanadi. Bu ancha yaxshi taklif, albatta! 

24/7 yordam

Airalo bir qancha mamlakat va qitʼalarni qamrab olgan global tashkilot ekanligi sababli bizda 24 soat davomida ishlovchi yordam xizmati mavjud. Levy Borromeo shunday deydi:

Savolimga oid ajoyib taassurotga ega bo‘ldim – tez javob berishdi, batafsil va foydali tushuntirishlar berishdi va muammom tezda hal qilindi. Bu jarayonda mijozni birinchi oʻringa qoʻyishingizni ham his qildim. Umuman olganda, ajoyib taassurot qoldi va mahsulotdan ham juda mamnunman.

Biz hamma ham eSIM boʻyicha ekspert emasligini bilamiz va safaringiz davomida sizga yoʻl-yoʻriq va yordam koʻrsatishga doim shay turish biz uchun ustuvor vazifadir. Yordam xizmatiga murojaat qilishning bir necha usullari bor, masalan, email, ijtimoiy tarmoqlar va Airalo ilovasidagi chat funksiyasi orqali murojaat qilish mumkin.

Airalo sayohatdagi tajribangizni qanday oʻzgartirganini eshitishdan doim mamnun boʻlamiz! App Store yoki Google Playʼda sharh qoldiring.


eSIM kartani sinash va yangicha usulda muloqot qilishga tayyormisiz?

Istalgan vaqtda va istalgan joyda eSIM karta xarid qilish, boshqarish va uning hisobini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling!

Airalo | Download mobile app
Airalo | Use your Free Credit

Olingan kreditni ishlating.

Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali USD $3.00 miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.