Foydalanuvchilar uchun 15% chegirma
Bu hujjatda hozirda mavjud yoki kelgusida yaratilishi mumkin boʻlgan barcha Airalo hisoblariga tatbiq etiladigan Shartlar va qoidalar bayon etilgan.
1. Muvofiqlik talablari va ishtirok
1.1. Bu maxsus taklifdan foydalanish uchun foydalanuvchi Airalo hisobiga ega boʻlishi yoki uni yaratishi lozim.
1.2. Agar foydalanuvchi allaqachon kodni ishlatgan va bu maxsus taklif imtiyozidan foydalangan boʻlsa, Tashkilotchi, oʻz ixtiyoriga koʻra, ushbu foydalanuvchining ishtirok uchun bergan arizasini rad etishi mumkin.
2. Maxsus taklifning ishlash tamoyillari
2.1. Mijoz hisob-kitob vaqtida chegirma kodini kiritishi kerak.
2.2. Istalgan eSIM xaridi uchun 15% chegirma tatbiq etiladi. Chegirmaning maksimal miqdori – 500$.
2.3. Mijoz bu maxsus taklifdan faqat 1 marta foydalanishi mumkin.
2.4. Bu maxsus taklifni boshqa bir maxsus taklif bilan birga ishlatib boʻlmaydi.
2.5. Bu chegirmadan faqat kredit/debet karta, PayPal, Alipay, Apple Pay va Google Pay orqali toʻlov qilish vaqtida foydalanish mumkin.
2.6. Bu chegirmani Airalo ilovasi orqali yoki www.airalo.com veb-saytida ishlatish mumkin.
3. Amal qilish muddati, davomiyligi va muddatni uzaytirish
3.1. Bu maxsus taklif birinchi 5000 ta ariza uchun amal qiladi.
3.2. Bu maxsus taklif 2023-09-01 sanasidan 2023-09-30 sanasigacha amal qiladi. Agar qabul qilingan arizalar soni yakuniy sanadan avval limitga yetsa, maxsus taklifning amal qilish muddati ertaroq tugashi mumkin.
4. Bekor qilish, pulni qaytarish
4.1. Airalo quyidagi sabablarning istalgan biri yuzasidan har qanday buyurtmani bekor qilishi yoki oʻzgartirishi yoxud bu maxsus taklifdan foydalanish imkoniyatini qaytarib olishi mumkin:
4.1.1. Chegirma kodi koʻrsatilgan muddat ichida ishlatilmagan yoki arizalarning maksimal soni limitga yetgan.
4.1.2. Shubhali yoki firibgarlikka asoslangan xarid.
4.1.3. Maxsus taklifni suiisteʼmol qilish, jumladan, bitta mijoz yoki mijozlar guruhiga aloqador bir qancha hisob-kitoblar yoki bir qancha hisoblardan foydalanish.
4.1.4. Chegirmadan insofsizlik bilan foydalanish (jumladan, eSIM kartalarini qayta sotish yoki mahsulotlarni qayta sotish maqsadida xarid qiluvchi mijozlarning chegirmadan foydalanishi).
5. Standart shartlar va qoidalar
5.1. Bu kampaniyada qatnashish orqali, siz ushbu Shartlar va qoidalarni qabul qilasiz hamda ularga rioya qilishga rozilik bildirasiz, shuningdek, ushbu Shartlar va qoidalarni oʻqiganingiz hamda tushunganingizni tasdiqlaysiz.
5.2. Tashkilotchi, kompaniya manfaatlari yuzasidan harakat qilar ekan, istalgan vaqtda oldindan ogohlantirishsiz har qanday maxsus taklifni bekor qilish yoki ushbu shart va qoidalarni oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
5.3. Ishtirokchilar bu kampaniyaning biror jihati yoki Shartlar va qoidalar talqini yoxud arizalarning belgilangan talablarga mos yoki mos emasligiga oid Tashkilotchi tomonidan chiqarilgan qarorlarning hech biriga eʼtiroz bildirish huquqiga ega emas. Tashkilotchining qarori yakuniy hisoblanadi va Tashkilotchi bunga oid hech qanday yozishmaga kirishmaydi.
5.4. Agar ishtirokchining shaxsiga oid nizo yuzaga kelsa, Tashkilotchi, oʻz ixtiyoriga koʻra, bu ishtirokchining shaxsini aniqlash huquqini oʻzida saqlaydi.
5.5. Maxsus taklif veb-saytiga kirish bilan bogʻliq har qanday xarajatni qoplash ishtirokchining zimmasidadir va bu xarajatlar ishlatilayotgan internet provayderiga bogʻliqdir. Tashkilotchi ariza berish bilan bogʻliq xarajatlar (agar bunday xarajatlar mavjud boʻlsa) uchun kompensatsiya toʻlash majburiyatini zimmasiga olmaydi. Ariza berish bilan bogʻliq xarajatlar (agar mavjud boʻlsa) uchun qilingan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali USD $3.00 miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.