Airalo distributor hamkori boʻlish nimani anglatadi:

Airalo distributor hamkori – bu oʻzining mavjud mijozlariga eSIM kartalarimizni qayta sotuvchi shaxsdir. Telekommunikatsiyalar, sayohat yoki texnologiya sohasidagi chakana sotuvchi, kichik biznes yoki yakka tartibdagi tadbirkor ushbu hamkorlik dasturimiz uchun juda mosdir.

Biroq, biznes modelingiz yuqorida tasvirlangan modellardan biroz farq qilgan hollarda ham, siz bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilishimiz mumkin.

Airalo distributor hamkori boʻlish nimani anglatadi:

Umumiy

Agar quyidagilardan biriga toʻgʻri kelsangiz, distributor hamkor lavozimiga mos kelishingiz ham mumkin:

– Agar aloqa xizmati taʼminotchisi, chakana sotuvchisi boʻlsangiz yoki sayohat uchun SIM kartalar, eSIM, hisobni toʻldirish kartalari kabi internetga ulanish yechimlarini sizdan xarid qiluvchi biror sayyohlar tarmogʻi va kompaniyalarga xizmat koʻrsatsangiz

– Taʼtil paketiga eSIM kartani kiritishni yoki mijozlarga sizdan eSIM xarid qilish imkoniyatini taqdim etishni xohlovchi sayyohlik agentligi (agenti) boʻlsangiz

Umumiy

Nega Airaloʼning distributor hamkori boʻlish kerak?

– Xizmatlaringiz paketiga Airaloʼni kiritish orqali, mijozlaringizga dunyodagi eng yirik eSIM kompaniyaning eng yaxshi eSIM yechimlarini taklif qila olasiz.

– Mijozlaringiz uchun qulay eSIM xaridi va hisobni toʻldirish imkoniyati yoki hisobingizni Airmoneyʼda (Airalo ilovasidagi mukofotlash valyutasi) toʻldirish.

– 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi yordam xizmati koʻmagi va foydalanishingiz uchun brendli resurslar.

Nega Airaloʼning distributor hamkori boʻlish kerak?

Mosroq nimadir qidiryapsizmi?

Agar hamkorlikning boshqa variantini qidirayotgan boʻlsangiz yoki takliflardan birini aniqlashtirishni xohlasangiz, [email protected] manzili orqali bizga murojaat qiling va biz siz bilan bogʻlanamiz.