Tavsiya dasturi shartlari va qoidalari

Bu hujjatda hozirda mavjud yoki kelgusida yaratilishi mumkin boʻlgan barcha Airalo hisoblariga tatbiq etiluvchi Shartlar va qoidalar bayon etilgan.

Tavsiya dasturida registratsiya qilingan Airalo foydalanuvchilari Airaloʼni doʻstlariga tavsiya qilishi va keyingi Airalo xaridlari uchun ishlatish mumkin boʻlgan bonuslarni ishlab olishi mumkin.


1. Muvofiqlik talablari va ishtirok

1.1. Tavsiyachi

Tavsiya dasturida ishtirok etish uchun foydalanuvchi Airalo hisobiga ega boʻlishi yoki uni yaratishi lozim.

1.2. Taklifni oluvchi

Bu dasturda ishtirok etish uchun shaxs Airalo uchun yangi foydalanuvchi boʻlishi va tavsiya kodi orqali Airalo hisobini yaratishi yoki uni birinchi xaridning hisob-kitobi vaqtida koʻrsatishi lozim.


2. Tavsiya jarayoni

2.1. Airalo foydalanuvchisi ilovadagi tavsiya rukniga kirib, unikal tavsiya kodini olishi kerak.

2.2 Airalo foydalanuvchisi (“Tavsiyachi”) oʻzining unikal tavsiya kodini doʻstiga (“Tavsiya qilingan shaxs”) ulashishi kerak.

2.3. Tavsiya qilingan shaxs registratsiya qilish va birinchi xaridini amalga oshirishda bu tavsiya kodini ishlatishi kerak.

2.4. Tavsiya qilingan shaxs birinchi xaridini amalga oshirganidan keyin Tavsiyachi bonus oladi, bu bonus tavsiya uchun mukofot ruknida aks etadi.


3. Tavsiya qilingan shaxs uchun chegirma tafsilotlari

3.1. Tavsiya qilingan shaxs registratsiya qilish yoki hisob-kitob vaqtida bu tavsiya kodini kiritishi kerak.

3.2. Bu chegirmani istalgan eSIM xaridi uchun ishlatish mumkin. Faqat birinchi xarid uchun amal qiladi.

3.3. Bu chegirmani boshqa bir maxsus taklif bilan birga ishlatib boʻlmaydi.

3.4. Agar foydalanuvchi tavsiya kodini allaqachon ishlatgan va bu maxsus taklif imtiyozidan foydalangan boʻlsa, Kompaniya, oʻz ixtiyoriga koʻra, ushbu foydalanuvchining ishtirok uchun bergan arizasini rad etishi mumkin.


4. Tavsiyachi uchun bonus tafsilotlari

4.1. Tavsiyachi har bir taklif etilgan doʻsti uchun mukofot bonusini qoʻlga kiritadi.

4.2. Doʻsti birinchi xaridini amalga oshirganida Tavsiyachiga push-bildirishnoma va email orqali xabar beriladi. Bu bonus tavsiya uchun mukofot ruknida aks etadi.

4.3. Tavsiyachi ishlab olingan bonusni hisob-kitob vaqtida va eSIM yoxud hisobni toʻldirish paketini xarid qilish vaqtida Airmoney sifatida ishlatishi mumkin. Tavsiyachi bu maxsus taklifdan koʻp marta foyda koʻrishi mumkin.

4.4. Bu bonusni biror chegirma yoki boshqa bir maxsus taklif bilan birga ishlatib boʻlmaydi.

4.5. Bu mukofot bonusini boshqaga oʻtkazish, almashtirish yoki naqdlashtirish mumkin emas. 

4.6. Airalo ilovasi yoki www.airalo.com veb-sayti orqali ishlatish mumkin.

4.7. Amal qilish/yaroqlilik muddati: cheklanmagan.


5. Bekor qilish, pulni qaytarish

5.1. Airalo quyidagi sabablarning istalgan biri yuzasidan har qanday buyurtmani bekor qilishi yoki oʻzgartirishi yoxud bu maxsus taklifdan foydalanish imkoniyatini qaytarib olishi mumkin:

5.2. Shubhali yoki firibgarlikka asoslangan xarid.

5.3. Maxsus taklifni suiisteʼmol qilish, jumladan, bitta mijoz yoki mijozlar guruhiga aloqador bir qancha hisob-kitoblar yoki bir qancha hisoblardan foydalanish.

5.4. Chegirmadan insofsizlik bilan foydalanish (jumladan, eSIM kartalarni qayta sotish yoki mahsulotlarni qayta sotish maqsadida xarid qiluvchi mijozlarning chegirmadan foydalanishi).


6. Standart shartlar va qoidalar

6.1. Bu kampaniyada qatnashish orqali, siz ushbu Shartlar va qoidalarni qabul qilasiz hamda ularga rioya qilishga rozilik bildirasiz, shuningdek, ushbu Shartlar va qoidalarni oʻqiganingiz hamda tushunganingizni tasdiqlaysiz.

6.2. Tashkilotchi, kompaniya manfaatlari yuzasidan harakat qilar ekan, istalgan vaqtda oldindan ogohlantirishsiz har qanday maxsus taklifni bekor qilish yoki ushbu shart va qoidalarni oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

6.3. Ishtirokchilar bu kampaniyaning biror jihati yoki Shartlar va qoidalar talqini yoxud arizalarning belgilangan talablarga mos yoki mos emasligiga oid Tashkilotchi tomonidan chiqarilgan qarorlarning hech biriga eʼtiroz bildirish huquqiga ega emas. Tashkilotchining qarori yakuniy hisoblanadi va Tashkilotchi bunga oid hech qanday yozishmaga kirishmaydi.

6.4. Agar ishtirokchining shaxsiga oid nizo yuzaga kelsa, Tashkilotchi, oʻz ixtiyoriga koʻra, bu ishtirokchining shaxsini aniqlash huquqini oʻzida saqlaydi.

6.5. Maxsus taklif veb-saytiga kirish bilan bogʻliq har qanday xarajatni qoplash ishtirokchining zimmasidadir va bu xarajatlar ishlatilayotgan internet provayderiga bogʻliqdir. Tashkilotchi ariza berish bilan bogʻliq xarajatlar (agar bunday xarajatlar mavjud boʻlsa) uchun kompensatsiya toʻlash majburiyatini zimmasiga olmaydi. Ariza berish bilan bogʻliq xarajatlar (agar mavjud boʻlsa) uchun qilingan toʻlovlar qaytarilmaydi.