Android qurilmangizda mobil internet limitini sozlash trafik sarfini qisqartirishga yordam beradi. Siz billing davrini tanlash, trafik limitini belgilash, bu limitga yetishdan oldin chiquvchi ogohlantirishni sozlash va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin. Mobil internet trafigi limiti qanday sozlashni bilib olish uchun quyidagi qadamlarni bajaring. Samsung Galaxy qurilmalari uchun:
- Sozlamalar ilovasini ochib, Ulanish tugmasini bosing.
- Trafsik sarfi bandiga tegining.
- Mobil internet yoniq ekaniga ishonch hosil qiling va Billing davri va trafik ogohlantirishi tugmasini bosing.
- Billing davrini boshlash tugmasini bosib, belgilangan mamlakatga yetib borish vaqtingiz asosida tegishli sanani koʻrsating.
- Trafik ogohlantirishini yoqing va kerakli ogohlantirishni raqamlarda koʻrsating. Masalan, eSIM paketingizda 10 GB boʻlsa, trafik ogohlantirishini 8GB da chiqadigan qilib sozlashingiz mumkin.
- Trafik limitini yoqing va kerakli trafik limitni raqamlarda koʻrsating. Koʻrsatilgan limitga yetganingizda mobil internet faolsizlantiriladi.
Google Pixel qurilmalari uchun:
- Sozlamalar ilovasini ochib, Tarmoq va internet rukniga kiring.
- eSIM tugmasini bosing.
- Mobil internet yoniq ekaniga ishonch hosil qiling va Trafik ogohlantirishi va limiti tugmasini bosing.
- Mobil trafik sarfi davri tugmasini bosib, belgilangan mamlakatga yetib borish vaqtingiz asosida tegishli sanani koʻrsating.
- Trafik ogohlantirishini yoqing va kerakli ogohlantirishni raqamlarda koʻrsating. Masalan, eSIM paketingizda 10 GB boʻlsa, trafik ogohlantirishini 8GB da chiqadigan qilib sozlashingiz mumkin.
- Trafik limitini yoqing va kerakli trafik limitni raqamlarda koʻrsating. Koʻrsatilgan limitga yetganingizda mobil internet faolsizlantiriladi.
Savollaringiz boʻlsa, yordam xizmatiga murojaat qiling va biz bajonidil yordam beramiz!