Avtomatik yangilash nima va u qanday ishlaydi?

Avtomatik yangilash xususiyati orqali Airali trafigingiz tugayotganida eSIM kartangiz hisobini avtomatik toʻldirish imkoniyatini taklif qiladi. Avtomatik yangilash xususiyati hozirda Airalo taklif qiladigan koʻplab eSIM kartalarda ishlaydi.

Avval eSIM kartalarim, keyin tegishli paket uchun Tafsilotlar rukniga kirib, xarid qilingan paket avtomatik yangilashni taklif qilish yoki qilmasligini tekshirish mumkin. Agar bu xususiyat mavjud boʻlsa, avtomatik yangilashni yoqish mumkin boʻlgan rukn chiqadi. Mavjud boʻlmasa, aloqada qolish uchun qoʻlda hisobni toʻldirish paketlarini xarid qilishingiz kerak boʻladi.

Avtomatik yangilash qanday ishlaydi?

Zaruratga qarab, avtomatik yangilashni yoqish va faolsizlantirish mumkin.

U yoqilsa, siz ishlatayotgan joriy eSIM paketida trafik tugayotganida uning hisobi avtomatik tarzda toʻldiriladi. Masalan, agar 7 kunga 1 GB eSIM paketini xarid qilsangiz, har bir avtomatik yangilash 7 kun davomida amal qiluvchi 1 GB trafikni oʻz ichiga oladi.

  • Avtomatik yangilash paketi trafik 10% qolganida xarid qilinadi.
  • Avtomatik yangilash paketi trafik tugagandan keyin faollashadi.

Eslatma: avtomatik yangilash xususiyatidan foydalanish uchun faol eSIM ishlatayotgan boʻlishingiz kerak. eSIM trafigi allaqachon tugagan yoki paketning amal qilish vaqti tugagan boʻlsa, avtomatik yangilashni yoqa olmaysiz.

Avtomatik yangilash qanday yoqiladi?

eSIM xarid qilganingizdan keyin avtomatik yangilashni quyidagicha yoqishingiz mumkin:

  1. eSIM kartalarim rukniga kirib, tegishli eSIM uchun TAFSILOTLAR ruknini oching.
  2. Varaqlab AVTOMATIK YANGILASH rukniga tushing.
  3. Kalitni YONIQ holatiga oʻtkazing.

Avtomatik yangilashni faolsizlantirmoqchi boʻlsangiz, bu kalitni OʻCHIQ holatiga sozlang.

Yetarlicha trafik ishlatishimdan oldin yaroqlilik muddati tugab qolsa nima boʻladi?

Yetarlicha trafik ishlatilishidan oldin paketingiz yaroqlilik muddati tugasa, paket avtomatik yangilanmaydi. Bu holatda avtomatik yangilash avtomatik tarzda faolsizlantiriladi.

Paketim SMS va chaqiruvlarni oʻz ichiga olsa-chi?

Agar paketingiz SMS va chaqiruvlarni oʻz ichiga olsa, u yetarlicha trafik ishlatilganidan keyingina yangilanadi. Yangilangan paket ham SMS va chaqiruvlarni oʻz ichiga oladi.

Avtomatik yangilash haqi qanday toʻlanadi?

Avtomatik yangilashdan foydalanish toʻlovlari uchun biror kartani saqlashingiz kerak. Yodda tuting, avtomatik yangilash uchun Airmoney, Apple Pay yoki PayPal ishlatib boʻlmaydi.

Agar saqlangan kartaning amal qilish muddati tugash arafasida boʻlsa, sizga aloqada qolish uchun kartani yangilash kerakligi haqida bildirishnoma yuboriladi.

Agar avtomatik yangilash toʻlovini amalga oshirib boʻlmasa, paketingiz yangilanmaydi va sizdan toʻlov olinmaydi.

Qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa yoki yordam kerak boʻlsa, bizga murojaat qiling. Yordam jamoamiz 24/7 rejimida ishlaydi va har doim mamnuniyat bilan yordam beradi.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x