iOS qurilmada qanday qilib trafikni tejash mumkin?

Low Data Mode rejimini yoqish

iOS 13 yoki undan keyingi versiyaga ega Apple foydalanuvchilar mobil internetni cheklash va tejash uchun Low Data Mode rejimini yoqishi mumkin. Low Data Mode uyali aloqa va Wi-Fi uchun ishlaydi va ularni mustaqil faollashtirishingiz mumkin.

Low Data Mode rejimini yoqish uchun quyidagi qadamlarni bajaring. Yodda tuting, aloqa operatorigizning bu rejim uchun sozlamalari farq qilishi mumkin.

  1. Settings rukniga kirib, Cellular yoki Mobile Data tugmasini bosing.
  2. Kerakli SIM-kartaga tegining.
  3. Data Mode tugmasini bosing.
  4. Low Data Mode rejimini yoqing.

Wi-Fi Assist va iCloud zaxira nusxasini oʻchirish

Wi-Fi Assist va iCloud Backup xususiyati avtomatik tarzda yoniq boʻladi. Wi-Fi aloqasi yomon boʻlganida iOS qurilmangizning internetga ulangan holda qolishini xohlamasangiz, Wi-Fi Assist xususiyatini faolsizlantirishingiz mumkin. Bir vaqtning oʻzida, iCloud Backup xususiyatini faolsizlantirish trafik sarfini minimallashtirishga yordam beradi.

  1. Settings rukniga kirib, Cellular yoki Mobile Data tugmasini bosing.
  2. Varaqlab pastga tushing hamda Wi-Fi Assist va iCloud Backup parametrini faolsizlantiring.

Savollaringiz boʻlsa, yordam xizmatiga murojaat qiling va biz bajonidil yordam beramiz!

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x