Qachon eSIM kartani takroran ishlatish mumkin?

Qachon eSIM kartani takroran ishlatish mumkin:

  • eSIM kartada xarid qilish mumkin boʻlgan internet paketlarining hisobini toʻldirish imkoniyati mavjud.
  • Bu eSIM hali ham qurilmangizda oʻrnatilgan.
  • Bu eSIM kartadan dastaklanuvchi mamlakat yoki mamlakatlarda foydalanasiz.

eSIM xarid qilganingizda, ushbu eSIM kartada toʻldirish paketi mavjudligini koʻrasiz. Agar bitta eSIM kartadan yana foydalanmoqchi boʻlsangiz, bu eSIM kartani oʻchirib tashlamang. Ishlatilmayotgan eSIM kartani oʻrnatilgan holda qoldirish mumkin, bu uchun Mobil internet rejalari ruknida uni FAOLSIZLANTIRING. eSIM kartangizga toʻldiriladigan internet paketlarini qoʻshishda davom etish mumkin (agar bunday paketlar sotuvda mavjud boʻlsa). eSIM hisobini qanday toʻldirish haqida maʼlumot olish uchun “eSIM hisobi qanday toʻldiriladi? savoliga qarang. Yodda tuting, eSIM va internet-paketingizni faqat dastaklanuvchi mamlakat uchun ishlatishingiz mumkin.

Qachon eSIM kartani takroran ishlata olmaysiz:

  • Hisobni toʻldirish paketlari mavjud emas.
  • eSIM kartangizdan u dastaklanmaydigan mamlakatda foydalanmoqchisiz. 

Agar eSIM kartangiz uchun hisobni toʻldirish variantlari yoʻq boʻlsa, demak, u bir marta ishlatishga moʻljallangan. Internet paketi ishlatib boʻlinganidan yoki uning muddati tugaganidan keyin, bu eSIM kartani qurilmangizdan olib tashlashingiz mumkin. [Qurilmadan eSIM kartani olib tashlash mumkinmi? - Airalo Yordam markazi]

eSIM kartangizdan boshqa mamlakatda foydalanmoqchi boʻlsangiz, eSIM kartangiz va internet paketlari shu mamlakatda dastaklanishiga ishonch hosil qiling. Aks holda, undan foydalana olmaysiz. Qoʻshimcha maʼlumot:

  • Mahalliy eSIM kartalar faqat bitta mamlakatda ishlaydi.
  • Mintaqaviy va global eSIM kartalar bir qancha mamlakatda ishlaydi.

Savollaringiz boʻlsa, yordam xizmatiga murojaat qiling.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x