Airalo dunyo boʻylab 200 dan ortiq mamlakat va mintaqa uchun eSIM paketlarini taklif qiladi, ularning har biri muayyan vaqt davomida ishlatish mumkin boʻlgan trafikka ega. Discover+ global eSIM kartalar kabi ayrim paketlar SMS va chaqiruvlarni oʻz ichiga oladi.
Paketingizdan foydalanishingiz mumkin boʻlgan vaqt uning yaroqlilik davri deb ataladi. Quyidagi tez-tez soʻraladigan savollarga javoblardan trafik sarfi va yaroqlilik davrlari haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
Yaroqlilik davri qachon boshlanadi?
eSIM paketning yaroqlilik davri quyidagilardan biri sodir boʻlganida boshlanadi:
- Qamrov hududida dastaklanuvchi tarmoqqa ulanganingizda
- eSIM kartani oʻrnatganingizda
Aksariyat Airalo eSIM paketlari uchun yaroqlilik davri eSIM dastaklanuvchi tarmoqqa ulangan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Paketingizning Yaroqlilik siyosatini tekshirishni unutmang – bu qachon eSIM kartani oʻrnatishni rejalashtirishga yordam beradi.
Yaroqlilik siyosatini quyidagicha tekshirish mumkin:
- eSIM kartalarim rukniga kirib, tegishli eSIM uchun TAFSILOTLAR ruknini oching.
- YANA tugmasini bosing.
- YAROQLILIK SIYOSATI bandini toping – tegishli maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Yaroqlilik davrida eSIM trafigi qanday taqsimlanadi?
eSIM kartadagi trafik butun yaroqlilik davri uchun moʻljallangan, u har kuni teng miqdorda taqsimlanmaydi.
Masalan, 7 kunga 1 GB eSIM paketini xarid qilsangiz, butun 7 kun davomida ishlatish uchun 1 GB trafikka ega boʻlasiz, kuniga 1 GB trafikka emas.
Barcha trafikni yaroqlilik davrining birinchi kunida ishlatishib yuborishim mumkinmi?
Ha, paketingizdagi barcha trafikni yaroqlilik davrining birinchi yoki istalgan kuni ishlatishingiz mumkin. Agar yaroqlilik davri tugashidan oldin barcha trafikni ishlatib qoʻyishdan xavotir olsangiz, eSIM uchun hisobni toʻldirish paketini xarid qilishingiz mumkin.
Agar cheksiz trafikka ega eSIM paketini ishlatayotgan boʻlsangiz, yaroqlilik davri davomida trafik tugab qolmaydi. Biroq belgilangan miqdordan ortiq trafik sarflagan kunlaringizda aloqa tezligi pasayishi mumkin. Bu miqdor tegishli eSIM uchun Qoʻshimcha axborot ruknida koʻrsatiladi.
Trafik erta tugab qolmasligi uchun trafik sarfini qanday boshqarish mumkin?
Aksariyat eSIM paketlari uchun Airalo ilovasi yoki Airalo vidjetlarida (faqat iOS) eSIM kartalarim rukniga kirib trafik sarfini kuzatishingiz mumkin. Shuningdek, eSIM kartada 25% va 10% trafik qolganida sizga trafik tugayotgani haqida bildirishnoma yuboriladi.
Juda koʻp trafik ishlatishning oldini olish uchun katta miqdorda trafik sarflovchi mashgʻulot yoki ilovalardan saqlanish haqida oʻylab koʻrishingiz mumkin.
Yaroqlilik muddati yakunlanishidan oldin trafik tugab qolsa nima boʻladi?
Yaroqlilik davri yakunlanishidan oldin trafigingiz tugab qolsa, hisobni toʻldirish paketini xarid qilishingiz mumkin. Buning uchun eSIM kartalarim rukniga kirib, tegishli eSIM uchun HISOBNI TOʻLDIRISH tugmasini bosing.
Internet paketimning yaroqlilik davrini uzaytirishim mumkinmi?
Yoʻq, internet paketining yaroqlilik davrini uzaytirish imkonsiz.
If you have any remaining questions or need further assistance, our support team is available 24/7 — we’re always happy to help.