eSIM kartani qayta oʻrnatish mumkinmi?

Yoʻq, odatdan eSIM kartalarni qaytadan oʻrnatib boʻlmaydi. Siz keyinchalik ham foydalanmoqchi boʻlgan eSIM kartani olib tashlamaslik qatʼiy tavsiya etiladi. 

eSIM qurilmadan olib tashlangach, uni qaytadan yuklab olmoqchi boʻlganingizda xatolik yuz berishi mumkin. Manzilingizda mobil tarmoqlarga ulanish uchun yangi eSIM xarid qilish, oʻrnatish va faollashtirishingiz kerak boʻladi.

eSIM ishlatilmayotganda uni vaqtinchalik faolsizlantirish tavsiya etiladi. Yodda tuting, eSIM vaqtinchalik faolsizlantirilganida uning yaroqlilik davri pauza qilinmaydi.

Nega siz hali foydalanmoqchi boʻlgan eSIM kartani olib tashlamaslik kerak

Bir qurilmadan ikkinchiga olish mumkin boʻlgan anʼanaviy moddiy SIM kartalardan farqli ravishda, eSIM kartalar qurilmaga bogʻlangandir va ularni uzatish yoki qayta oʻrnatish oson emas.

eSIM kartaning yaroqlilik davri yoki trafigi tugasa, yangi internet-paket orqali eSIM hisobini toʻldirishingiz mumkin. Hisobni toʻldirish paketini xarid qilish uchun eSIM kartalarim > HISOBNI TOʻLDIRISH rukniga kiring va xarid qilish uchun biror paketni tanlang.

Nega eSIM kartani vaqtinchalik faolsizlantirishni xohlashingiz mumkin

eSIM kartani vaqtinchalik faolsizlantirish u faol ishlatilmayotganda trafikni saqlashga yordam berishi mumkin. Shuningdek, bu eSIM kartaning fonda trafik sarflashining oldini oladi. Bu sayohat qilish vaqtida yoki cheklangan tarif rejalarga ega boʻlganingizda ayniqsa foydalidir.

iOS qurilmalarda eSIM kartani vaqtinchalik faolsizlantirish uchun:

1. Bu ruknlarni oching: Settings > Cellular > SIMs.
2. Varaqlab pastga tushing va tegishli eSIM kartani tanlang.  
3. Turn This Line On bandi kalitini faolsizlantiring.

Android qurilmalarda eSIM kartani vaqtinchalik faolsizlantirish uchun:

1. Bu ruknlarni oching: Sozlamalar > SIM-kartalar va mobil tarmoqlar.
2. eSIM kartani boshqarish rukniga tushing va tegishli eSIM kartani tanlang.
3. “Mobil rejani faolsizlantirish” bildirgisida Faolsizlantirish bandini tanlang.

Yodda tuting, eSIM kartani faolsizlantirish uni butunlay faolsizlantirmaydi. eSIM kartangiz, to uni qayta faollashtirguningizga qadar, nofaol holatga oʻtkaziladi. 

Agar eSIM kartaga oid qiyinchiliklarga duch kelsangiz yoki uni boshqarish yuzasidan savollaringiz boʻlsa, yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling. Sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x